Sochilib yotgan chiqindilar tozalandi

Sochilib yotgan chiqindilar tozalandi

MUNOSABAT

Telegram kanalimizda » Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Yordon M.F.Y. Qiziltog‘ ko‘chasidan oqib o‘tuvchi soyga chiqindi tashlanayotgani haqida xabar bergan edik.

Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Farg‘ona tuman Ekologiya inspeksiyasi xodimlari  tomonidan nazoratga olinib, obodonlashtirish boshqarmasi tuman bo’limi  xodimlari bilan birgalikda hududdagi betartib, sochilib yotgan chiqindilar shu kunning o‘zida tozalangan.

  • Soy yana chiqindilarga to‘lmasligi uchun madaniyatsiz fuqarolarni ham tartibga chaqirib qo‘yish kerak nazarimizda.