Nargis Qosimova – “Tabiat himoyachisi”

Nargis Qosimova – “Tabiat himoyachisi”

Ekolog.uz jamoasi Nargis Qosimovani ushbu e`tirof bilan qutlaydi.

Mamlakatimizda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalar qo‘lga kiritilgan.

Yaqinda sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan hamda yashil maydonlarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi.

Bugun Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan bir guruh fuqarolar- deputatlar, prokuratura va adliya vakillari, fuqarolik jamiyati faollari «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

“Ekolog” jamoat birlashmasi rahbari Nargis Qosimova ham mazkur ko‘krak nishon bilan taqdirlandi va vazirlikning 1 mln so`mlik sertifikati topshirildi.

Ekolog.uz jamoasi Nargis Qosimovani ushbu e`tirof bilan qutlaydi. Yutuqlaringiz bardavom boʻlsin, ustoz!