Ayni vaqtda Toshkent shahrining “Yangi O‘zbekiston” hududi orqasidan noma’lum manbadan kelayotgan jigar rangli, achchiq hidli suyuqlik ochiq ravishda daryoga quyilmoqda. Ushbu holat mahalliy aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bu qanday chiqindi? Kim chiqarayapti? Tarkibida qanday moddalar bor? Bu savollarga javob hali aniq emas. Ammo bitta narsa ayon — bu holat atrof-muhitga va inson salomatligiga jiddiy tahdid solmoqda.
Zaharli oqova suv nafaqat daryo hayotiga, balki sug‘oriladigan yerlar, chorva mollari, mahalliy aholi, ayniqsa, bolalar va keksalar salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mahalliy aholida holatni aks ettiruvchi foto va video materiallar mavjud. Ammo bu muammo e’tiborsiz qolmoqda. Aholining ogohlantirishlariga qaramay, oqova suyuqlik hanuz to‘xtamayapti.
Biz shoshilinch choralar ko‘rishni talab qilamiz.
Hurmatli yurtdoshlar! Bu postni iloji boricha kengroq ulashing. Jamoatchilik nazoratisiz bu kabi iflos qo‘llar izsiz yo‘qoladi. Bizning tabiatimiz — farzandlarimizga qoladigan bebaho merosdir. Uni hozirdanoq asrash har birimizning burchimizdir!