EcoExpo 2025 — o‘z faoliyatini boshladi!

EcoExpo 2025 — o‘z faoliyatini boshladi!

Bugun, 2025 yil 19 iyun’ kuni, Toshkent shahrida EcoExpo ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi — ekologik innovasiyalar, insonparvarlik va xalqaro hamkorlikni birlashtirgan muhim platforma.
O‘zbekiston Ekologiya, atrof‑muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, «O‘zekspomarkaz», qator jamoat tashkilotlari va xalqaro hamkorlar tomonidan tashkil etilgan ekologik ko‘rgazmada
BMT, UNEP, FAO, KOICA, GIZ, ICARDA va boshqa nufuzli tashkilotlar  milliy tashkilotlar qatorida o‘ziga xos tajriba va texnologiyalarini namoyish etmoqda. KOICA “yashil o‘sish” loyihalari, FAO esa barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq‑ovqat xavfsizligi bo‘yicha yechimlari bilan ishtirok etyapti.

Ko‘rgazmada
Yoshlar startap maydoni — barqaror qishloq xo‘jaligi, qayta tiklanuvchi energiya va “aqlli” ekologik nazorat g‘oyalari

Chiqindilarni qayta ishlash agentligi paviloni — saralash, qayta ishlash va resurs sifatida foydalanish texnologiyalari

“Mehr va Oqibat” NNT maydoni — qutqarilgan bepanoh hayvonlar bilan tanishuv va insoniylik saboqlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar pavil’onlari — Qurib borayotgan Oral dengizi maketi orqali suv resurslarini asrashga da’vat kabi qiziqarli g‘oyalarni ko‘rish mumkin.

 

EcoExpo ahamiyati
Ekologik diplomatiya va siyosat uchun markaz
Yoshlar va jamoatchilik uchun amaliy bilim maktabi
Innovasion yechimlar namoyishi va tezkor joriy etish maydoni
Davlat, biznes va fuqarolik jamiyati o‘rtasida muloqot ko‘prigi