Chirchiq shahar hududidan oqib o’tuvchi Bo’zsuv kanaliga noma’lum shaxslar tomonidan maishiy chiqindilar tashlab ketilganligi aniqlandi. Soha inspektorlari tomonidan tashlab ketilgan maishiy chiqindilarni Chirchiq shahar Kaskad GES MChJ ishchi xodimlari va maxsus texnikalarni jalb qilingan holda tozalash ishlari olib borilib, bartaraf etildi.
Shu o’rinda, fuqarolarga belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamasliklarini va uni yoqmasliklarini eslatib qolamiz.Zero,bunday salbiy harakatlar uchun qonunda chora ko’rilishini unutmang!
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi
Matbuot xizmati