Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Sirdaryo suv xavzasi sho‘basi xodimlari, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari va “Golden fish” MCHJ qo‘riqlash xodimlari bilan birgalikda Tuyabo‘g‘iz suv omborida noqonuniy baliq ovini oldini olish maqsadida tungi ekologik nazorat tadbiri o‘tkazishgan.
Tadbir davomida fuqaro N.I. tomonidan taqiqlangan leskali to‘r yordamida 30 dona sudak, 5 dona tovon balig‘ini ovlaganligi aniqlandi.Holat yuzasidan MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan. Bir dona rezina qayiq va 150 metr leskali to‘rlar ashyoviy dalil sifatida olingan hamda 10 710 000 so‘m zararni davlat hisobiga undirish maqsadida hujjatlarni sud organlariga yuborish choralari ko‘rilmoqda.
Tadbir davomida 3 nafar fuqarolar F.G, T.Y va S.A.lar tomonidan baliq ovlash qoidalarini buzganligi uchun MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va har bir fuqaroga 3400000 so‘m jarima choralari ko‘rildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.