Namangan shahar Davlat xizmatlari markazida qushlar uchun oziqlantirgich o‘rnatildi

Namangan shahar Davlat xizmatlari markazida qushlar uchun oziqlantirgich o‘rnatildi

Adliya vaziri matbuot kotibi- Sevara Urinbayevaning ma’lum qilishicha, Namangan viloyatidagi davlat xizmatlari markazi binosining atrofida qushlar uchun maxsus uychalar o‘rnatish boshlanibdi.

Jumladan, Namangan shahar davlat xizmatlari markazi binosi hovlisida qishda ozuqa topolmay och yurgan qushlar uchun oziqlantirgich o‘rnatilibdi.

E’tibor bering, atrofimizdagi qushlar yoz oylarida ozuqa topishda qiyinchilikka uchramaydi. Biroq, qishda ozuqa yetishmasligi sababli ayrim qushlar nobud bo‘ladi. Buning oldini olishda esa, mazkur tashabbus ayni muddao.

 «Namangan viloyatidagi barcha davlat xizmatlari markazi binosi oldida alohida burchaklar tashkil etilib, turli ko‘rinishdagi “In”lar va oziqlantirgichlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan», —  deydi Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara Urinbayeva.

Feruzbek Sayfullayev