Ikkinchi qavatdan uloqtirilgan mushukcha uchun pedagog jazolanadimi?

Ikkinchi qavatdan uloqtirilgan mushukcha uchun pedagog jazolanadimi?

Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Toshkentdagi 62-maktabda «o’qituvchi mushukka shafqatsizlarcha munosabatda bo’ldi» degan xabarga rasmiy munosabat bergan. Unda aytilishicha “Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi: Uchtepa tumanidagi 62-sonli umumta’lim maktabida joriy yilning 27-sentabr kuni soat 17:30 lar atrofida 7-«G» sinf o’quvchilari ona tili darsiga o’zboshimchalik bilan mushuk olib kirgan. O’qituvchi D. X. o’quvchilarni dars mashg’ulotlari paytida chalg’imasliklari uchun mushukni derazadan tashlab yuborgan. Mushuk veterinar shifokor ko’rigidan o’tkazilganda jiddiy jarohat yetmaganligi aniqlandi.

Voqeadan so’ng, maktab ma’muriyati tomonidan yig’ilish o’tkazilib, o’qituvchi hamda o’quvchilarga atrof-muhit, tabiat va jonivorlarni asrab-avaylash barchaning burchi ekanligi tushuntirilgan”

Ammo boshqarma biroz noto‘g‘ri xabar bergan maktab binosining 2 qavatidan o‘zbek tili o‘qituvchisi 7 “G” sinfda dars o‘tish jarayonida tashlab yuborilgan mushukcha jiddiy jarohatlanishi, umurtqasining shikast etishi natijasida vafot etgan. «Elvet» veterinr klinikasi veterinar ham “jiddiy jarohat yo‘q” degan xulosa bermagan.

Toshkent shahri 62 maktab o‘qituvchisi Dilbar Xudoyberdlievaning hayvonlarga nisbatan vahshiyona munosabati jazosiz qolishi mumkin emas. Uni pedagogik faoliyatdan chetlatish zarur. Maktab direktorining ham mazkur holatga nisbatan befarqligi, bunday o‘qituvchini yana darsga qo‘yishga ijozati tushunarsiz holat.

Holatga Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan huquqiy baho beriladi, degan umiddamiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo’ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!