Maqolamiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shomanay tumani 2006-yilda tug‘ilgan Aynura Erejepbaeva haqida. Aynura yoshligidanoq o‘zining iste’dodi va mehnatsevarligi bilan tanilgan. Uning sabr-toqati va fidoyiligi uni dunyodagi mashhur yoshlar qatoriga olib chiqdi. Aynuraning kashtachilik yo‘lidagi sayohati 4-sinfda boshlangan va u shu kungacha bu hunarga ishtiyoq bilan shug‘ullanib kelmoqda.