Andijon zoodo‘konida timsoh sotilmoqda

Andijon shahridagi «Krasnaya shapochka» zoodo‘koni haqida bir necha marotaba yozgan edik. Ammo do‘kon egasiga umuman chora ko‘rilmaganligi sababli, u hayvonlarni qiynashda va noqonuniy savdo bilan shug‘ullanishdan to‘xtamayapti.

Do‘kon egalari endi timsoh bolalarini sotish bilan shug‘ullanishga o‘tishibdi. Ularga bu savdo bilan shug‘ullanish uchun ruxsat bormi? Timsoh bolalari qayerdan va qanday tartibda olib kelingan?

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Andijon viloyat boshqarmasidan ushbu holatga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. O‘ylaymizki, savollarimiz javobsiz qolmaydi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo’ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!