Joriy yilning 4-oktyabr kuni Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Milliy gvardiya hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan birgalikda Аngren shahri Jigariston MFY hududida nazorat tadbiri o‘tkazilibdi.
Tadbir davomida fuqarolar I.Z. va Y.B. tomonidan yovvoyi cho‘chqani Jigariston MFY tog‘li hududida ov qurolida otib o‘ldirganlik holati aniqlangan. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi, 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, 7.500.000 so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llanildi hamda hayvonot dunyosiga 16.875.000 so‘m zarar yetkazganligi aniqlandi.
Holat bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga yuborilmoqda hamda yovvoyi cho‘chqa ishi tugatilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun “Konchilar”oromgohini muzlatkichiga joylashtirildi. Shuningdek, ov quroli Angren shahar Ichki Ishlar bo‘limiga topshirildi.
Bu haqida bizga Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.