Boku shahrida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Jahon yetakchilari sammiti ochildi

12-noyabr kuni Boku shahrida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Jahon yetakchilari sammiti ochildi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish sammitda ishtirok etayotgan davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, delegatsiyalar rahbarlarini kutib olishdi.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Liderlar sammitining ochilish marosimida so’zlagan nutqida mazkur tadbirning muhimligi, Ozarbayjon mezbonlik qilishni taklif etgan kundan boshlab, davlatga nisbatan bildirilgan salbiy fikrlar haqida ham fikr bildirdi.


So‘ngra BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMTning aholi punktlari dasturi (UN-HABITAT) ijrochi direktori Maymunah Mohd Sharif so‘zga chiqishdi.
Sammitda Xalqaro kosmik stansiyadan NASA astronavtlarining maxsus videomurojaati namoyish etildi.

COP29 yetakchilar sammiti ikki kun davom etadi. Sammitning yuqori darajadagi segmentida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konventsiyasiga a’zo mamlakatlarning 50 nafar prezidenti, 10 nafar vitse-prezidenti, 20 nafar hukumat rahbari va ikki valiahd shahzodasi rasmiy bayonotlar bilan chiqishadi.