Akiko Fuji: “Kambag‘allik, atrof-muhit hamda dekarbonizatsiya muammosini alohida ko‘rib chiqmay turib, hal qila olmaymiz!”

Akiko Fuji: “Kambag‘allik, atrof-muhit hamda dekarbonizatsiya muammosini alohida ko‘rib chiqmay turib, hal qila olmaymiz!”

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili Akiko Fuji xonim mehmonimiz bo’ldi. BMTTD tizimidagi 25 yillik tajribaga ega bo‘lgan Fuji xonim, ko‘plab rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan. U O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlashdan avval,  Maldiv orollarida, Vetnam, Fiji mamlakatdagi BMT vakolatxonalar va Yamaykada rezident vakil o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini tinmay ilgari suruvchi Fuji xonim, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim rolga ega. U inqiroz va ziddiyatli vaziyatlarda keng ko‘lamli gumanitar yordamni boshqargan, adolatli va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun boshqaruv tizimlari bo‘yicha strategik yo‘nalishlarni muntazam taklif qilib keladi.

Fuji xonim Buyuk Britaniyaning Sasseks universitetida gender va rivojlanish, hamda Yaponiyaning Kioto universitetida inson va atrof-muhitni o‘rganish yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlik darajalariga ega.

 

– So‘nggi yillarda Xalqaro tashkilotlar Markaziy Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik sohalarida hamkorlik bo‘yicha sa’y-harakatlarini sezilarli darajada jadallashtirganini ko‘ryapmiz, ayniqsa, atrof-muhit dasturlarda. BMTTD hamda boshqa xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston bilan bu boradagi hamkorlik istiqboliga qanday qaraysiz?

-Muhim mavzu bo‘yicha suhbatga taklif qilganingiz uchun tashakkur! To‘g‘ri aytdingiz, muammolar, qiyinchiliklar va sodir bo‘layotgan tabiiy hodisalar to‘g‘risida aholi o‘rtasida xabardorlik ortib bormoqda.  Har bir mamlakatning o‘ziga xos geografik, iqtisodiy va ijtimoiy holati kelib chiqib iqlim o‘zgarishga turlicha ta’sir qilayotganligini ko‘ryapmiz.

Markaziy Osiyo haqida gap ketganda, olimlar hozirdanoq ba’zi yerlarda jazirama to‘lqinlari, suv toshqinlari, sel kabi tez-tez sodir bo‘layotgan ekstremal ob-havoni , boshqa bir hududlarda esa suv yetishmasligi muammosini bashorat qilayotganliklari rost. Bular global iqlim o‘zgarishining ushbu mintaqada keltirib chiqaradigan ba’zi alomatlari va ta’siridir. Bu esa o‘z-o‘zidan ushbu mintaqada yashayotgan odamlarning hayotini asrash, ularni sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga moslashish kerakligini anglatadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston hukumati o‘z siyosatini bu yo‘lda kuchaytirish bilan birga, xalq ehtiyojlarini qondirish siyosatini amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. BMTTD kabi xalqaro tashkilotlar o‘z navbatida  ushbu maqsadlarni samarali amalga oshirishga yordam berish uchun o‘z takliflarni ilgari surmoqda va bizda ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda turli xil takliflarimiz bor.

-O‘zbekistondagi ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha tashkilotingiz tarafidan amalga ishlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?

-BMTTDi uchun global miqyosda muammolarning  hal etilishida barqarorlik va tenglik siyosati tamoyillari juda muhim hisoblanadi. Chunki biz barqaror rivojlanish maqsadlari haqida gapirar ekanmiz, biz nafaqat ekologik barqarorlikni, balki yuqorida aytib o‘tganimdek, odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy, geografik jihatdan bir-biridan farq qiluvchi shart- sharoitlari, iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar, ular joylashgan joyning turli maqomiga qarab turlicha ta’sirlarini ham qamrab olishimiz kerak.  Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston  hukumat bilan birgalikda BRMining atrof-muhit, kambag‘allik va iqlim o‘zgarish maqsadlarini bog‘lab, yaxlit ko‘rib chiqishga harakat qilmoqdamiz.

– O‘zbekistondagi ekologik muammolarni hal qilish bo‘yicha tashkilotingiz tarafidan amalga ishlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?

-BMTTDi uchun global miqyosda muammolarning  hal etilishida barqarorlik va tenglik siyosati tamoyillari juda muhim hisoblanadi. Chunki biz barqaror rivojlanish maqsadlari haqida gapirar ekanmiz, biz nafaqat ekologik barqarorlikni, balki yuqorida aytib o‘tganimdek, odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy, geografik jihatdan bir-biridan farq qiluvchi shart- sharoitlari, iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar, ular joylashgan joyning turli maqomiga qarab turlicha ta’sirlarini ham qamrab olishimiz kerak.  Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston  hukumat bilan birgalikda BRMining atrof-muhit, kambag‘allik va iqlim o‘zgarish maqsadlarini bog‘lab, yaxlit ko‘rib chiqishga harakat qilmoqdamiz.

Ya’ni kambag‘allik muammosini, iqlim o‘zgarishi ta’siridan ajrata olmaymiz. Aytaylik, biz o‘tgan yili hukumat bilan

birgalikda tayyorlagan “Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha” hisobotimiz O‘zbekistonda ilk bor amalga oshirilgan bo‘lsa-da, tashkilotimiz bu metodologiyadan dunyoning turli mamlakatlarida anchadan beri foydalanib kelmoqda. 13 xil turdagi ko‘rsatkich respublikaning turli hududlardagi iqlim o‘zgarishi va kambag‘allik o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib berdi. Masalan, ayrim viloyatlarda muammolarni hal qilish uchun yetarli mablag‘, imkoniyat yo‘qligi sababli muayyan ekologik xavf-xatarlar kuchliroq. Aytaylik, isitish tizimi. Qashqadaryoda maktablarning 75 foizida zamonaviy isitish tizimi yo‘qligi sababli hali ham ko‘mir yoqilmoqda. Bu esa, albatta, bolalarning ta’lim olish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  Bu holat shuningdek mamlakatingizning issiqxona gazlari chiqindilarini 2010-yildagi darajaga nisbatan 35% ga kamaytirish maqsadiga ham to‘g‘onoq bo‘lishi mumkin.

Ko‘ryapsizki, kambag‘allik, atrof-muhit hamda dekarbonizatsiya muammosini alohida ko‘rib chiqmay turib, hal qila olmaysiz.

 

 

 

– BMTTD O‘zbekistonning “Yashil iqtisodiyot-2030” dasturini qay tarzda qo‘llab-quvvatlamoqda? Shaxsan, ozingiz qandaydir ijobiy natijalarni kuzatyapsizmi?

-Albatta. Birgina misol. “Yashil Makon” tashabbusi. Har yili BMT, BMTTD va boshqa xalqaro tashkilotlar ushbu ko‘kalamzorlashtirish tadbirida faol ishtirok etib kelmoqda. Bu ishning hayratlanarli tomoni, keng jamoatni safarbar qilish orqali, O‘zbekiston hukumati nafaqat milliy balki global muammolarni ham hal qilishi quvonarli.

Misol uchun, shu yilgi uchta COP xalqaro konferensiyalarni olaylik: Ozarbayjon, Kolumbiya, va Saudiya Arabistonida cho‘llanishga qarshi harakatlar global muammolarni hal etishga qaratilgan uchrashuvlar. Menimcha, O‘zbekiston hukumatning mahalliy hamjamiyat bilan birgalikda degradatsiyaga uchragan yerlarni daraxtzorlar barpo qilish milliy harakati cho‘llanish kuchli bo‘lgan, masalan Orol dengizi kabi hududlarda odamlarning turmush tarzini yaxshilashdagi ijobiy misollardan biri, deya olaman.

 Ehtimol, men yana ko‘plab innovatsion tashabbuslarni sanab o‘tishim mumkin. Aytaylik, BMTTD  ko‘magida emissiya qilingan SDG va yashil obligatsiyalar. Bu qimmatbaho qog‘ozlar, xalqning ehtiyojlarlarini qondirishga yordam beruvchi  moliyaviy resurslardir. 200 million AQSh dollari ekvivalentidagi ushbu obligatsiyalar mintaqadagi ilk innovatsion barqaror moliyalashtirishning tashabbusi o‘laroq ko‘rindi.

Bu haqiqatan ham yangicha yondashuv. Xususiy sektor va suveren jamg‘armadan keladigan mablag‘larning eng ko‘p kerak bo‘lgan joyga yo‘naltirishga ishonch hosil qilish uchun mablag‘larni ochiqlash o‘ta muhimdir. BRM obligatsiyalari, an’anaviy transport tizimidan yashil transportga loyihalariga yo‘naltiriladi. Shulardan biri Toshkent shahri metro stansiyalarini ko‘paytirish orqali jamoat transportini targ‘ib qilishdir. Bu odamlarning qulay harakatlanish imkoniyatlarini oshiruvchi, atrof-muhitga salbiy ta’sir qiluvchi shaxsiy transport vositalari o‘rnini bosuvchi jamoat transportidan foydalanishni ommalashtirish loyihalarida amalga oshirilmoqda.

 

 

 

“Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha” hisobot investorlarning ishonchini oshirib, yashil moliyalashtirishga qaratilgan bu kabi innovatsion g‘oyalarning soni ortib borishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, biz O‘zbekiston bilan an’anaviy iqtisodiyotdan yashil iqtisodiyotga o‘tish borasida ham ishlarni jadallashtirib yubordik. Ya’ni, dekarbonizatsiya jarayoni sanoatning ma’lum tarmoqlari va ish o‘rinlariga ta’sir qilishini inobatga olsak, biz yangi yashil reallikka moslashishiga ishonch hosil qilish bo‘yicha ham ishlar olib bormoqdamiz.

Yoshlar kelajakda kerak bo‘ladigan yangi ko‘nikmalar va qobiliyatlarni bilishlari kerak. Hozirdagi an’anaviy sanoat, kelajakda yaratiladigan yashil iqtisodiyotdan butunlay farq qilishi va ahamiyatsiz bo‘lib qolishi mumkin. Dastur ham ushbu yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida insonlarning  yuqori malakali ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, yashil iqtisodiyotning yangi turlariga ega bo‘lishiga  katta e’tibor qaratmoqda. So‘z odamlarning hayoti haqida ketyapti, shunday emasmi?! Hozirda egallab turgan kasblarning yo‘qolishi mumkin bo‘lgan vaziyat, yashil sanoatning turli turlariga qayta malakaga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan kasblar egalari haqida gap ketyapti.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va BMTTD O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda aynan shuning uchun aholining xabardorligini oshirish, me’yoriy-huquqiy bazani kuchaytirish, odamlarni adolatli yashil iqtisodiyotda talafotsiz o‘tishga imkon berish bo‘yicha e’tibor qaratayotgan ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

–  Atrof-muhit muammolarini hal etishda ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining rolini qanday ko‘rasiz?

– O‘ylaymanki, hozirgi raqamlashtirish davrida, axborotga ega bo‘lish, odamlar tomonidan aytilgan fikrlar bo‘yicha bahslar yanada demokratlashdi. Har kim o‘zi xohlagan ma’lumot turini ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishi imkoni kengayib bormoqda. Lekin shu bilan birga, biz ma’lumot tarqatish va o‘qitishni ma’lum ma’noda ommaviy axborot vositalari orqali, muharrirlar yo‘qligi sababli ba’zi fundamental tamoyillarini xavf ostiga qo‘ymoqdamiz. Boshqa tarafdan sun’iy intellekt bizga sezilmagan ko‘p hollarda ma’lumotlarni boshqaryapti.

Bu esa chuqur mulohazali, mas’uliyatli hatti-harakatlarni talab etadi. Xususan, OAV vakillarining faktlarga asoslangan ma’lumotlarni yetkazishda roli o‘ta muhim. Bunda siz kabi eko-jurnalistlarning, misol uchun, axloq-odob me’yorlariga rioya etishlari zarur hisoblanadi. Yana bir ta’kidlashim joizki, media va fuqarolik jamiyatlarining hozirgi davrda mavqei tobora ahamiyatli bo‘lib bormoqda.

 Mazmunli suhbat uchun minnatdorchilik bildiraman!

Avazxon Xaydarov