Qashqadaryoda 30 dan ortiq daraxt noqonuniy kesildi: javobgarlar aniqlanadimi?

Qashqadaryoda 30 dan ortiq daraxt noqonuniy kesildi: javobgarlar aniqlanadimi?

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani Ayritom MFY Achchiq qishlog‘ida joriy yilning dekabr oyida 30 dan ortiq qoratol daraxtlari noqonuniy ravishda kesib tashlangani haqida murojaat kelib tushdi. Ammo shu kungacha mazkur huquqbuzarlik bo‘yicha hech qanday jazo choralari ko‘rilmagan.

Bu holat atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq jiddiy masalalar borligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Aholi ekologik xavotir bildirib, Qashqadaryo viloyati ekologiya boshqarmasidan ushbu masalaga rasmiy munosabat bildirishni talab qilmoqda.

Mazkur hodisa bo‘yicha tegishli organlarning harakati va noqonuniy daraxt kesish bilan shug‘ullangan shaxslarning javobgarlikka tortilishi bo‘yicha qanday choralar ko‘rilishi hozircha noma’lum. Viloyat ekologiya boshqarmasining bu boradagi rasmiy javobi va keyingi harakatlari jamoatchilik tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo’ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!