Toshkent havosini kim ifloslantirayapti?

Toshkent havosini kim ifloslantirayapti?

11 fevraldan 12 fevralga o‘tar kechasi Toshkent viloyati Toshkent tumani Qibray, Zangiota, Xasanboy hududlarida tungi reyd o‘ztkazildi. Unda Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimlari, Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlari jurnalist va blogerlar qatnashishdi.Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat rahbari o‘rinbosari Adham Qurbonovning aytishicha, bugungi kunda 670 ta sanoatga ixtisoslashgan issiqxonalarda to‘liq nazorat o‘rnatilgan, ammo xonadonlar ichidagi 1 yoki 1,5 sotix issiqxonalar nazoratga olinmagan. 199 ta issiqxona umuman davlat ekologik ekspertizadan o‘tmagan.

Hozir Toshkent shahrida 4 ta guruh va 16 ta inspektor, Toshkent viloyatitda 4 ta guruh va 12 ta inspektor tungi reydlar o‘tkazmoqda. Reyd davomida havoda dioksid azot me’yordan yuqori ekanligi aniqlandi .

Toshkent havosi ifloslanishi bo‘yicha tashkil etilgan tungi reydlar davom etmoqda.