Sug‘urlar qiynoqqa solinmoqda: Ekotizimning ajralmas qismi bo‘lgan jonivorlarga shafqatsizlik qachongacha davom etadi?

Sug‘urlar qiynoqqa solinmoqda: Ekotizimning ajralmas qismi bo‘lgan jonivorlarga shafqatsizlik qachongacha davom etadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir vahshiylik holati tarqaldi. Fuqaro Bekjonov Doniyor o‘zining Instagram sahifasiga kemiruvchilar oilasiga mansub sug‘urni zanjirband etib qiynoqlarga solayotgan videosini joylagan. Ushbu holat tabiatga va jonivorlarga bo‘lgan shafqatsiz munosabatning yaqqol namunasidir.

Sug‘urlar – tabiat muvozanatini saqlovchi jonivorlar

Sug‘urlar dasht va tog‘oldi hududlarida yashovchi yirik kemiruvchilar bo‘lib, ularning bo‘yi 40-60 sm, dumining uzunligi 13-15 sm ga yetadi. Qalin jun qoplami ularni sovuqdan himoya qiladi, tanasi esa malla yoki qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. Ular koloniyalar hosil qilib yashaydi va yer ostida 2-3 metr chuqurlikdagi ini bo‘ladi. O‘simliklar bilan oziqlanib, tuproq unumdorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Qish uyqusiga kiradigan bu jonivorlar tabiatning ajralmas qismi bo‘lib, ekotizim muvozanatini saqlashga yordam beradi.

Nima uchun sug‘urlarni himoya qilish kerak?

Har qanday hayvon tabiiy muhitda o‘zining o‘rniga ega. Sug‘urlar qishloq xo‘jaligi yerlari uchun muammo tug‘dirishi mumkin, ammo ularning yo‘q qilinishi ekotizim muvozanatining buzilishiga olib keladi.

Afsuski, ovlanish va yashash joylarining yo‘qolishi tufayli sug‘urlar soni kamaymoqda. Hayvonlarga nisbatan bunday shafqatsizlikka huquqiy baho berilishi shart!

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring