Berlin hayvonot bog‘ida dunyodagi eng keksa gorilla Fatu yashaydi. Olimlarning fikricha, tutqunlikda gorillalar uzog‘i bilan 40-50 yil umr ko‘rishadi. Ammo Fatu bundan mustasno.
Fatu Hayvonot bog‘iga 1959 yilda keltirilgan. Shu yili Marsel (Fransiya)da qahvaxonalarning birida G‘arbiy Afrika safaridan qaytgan dengizchi ichkilik haqini to‘lay olmay, pul o‘rniga gorilla bolasini tashlab ketadi.
Aytishlaricha Fatu o‘sha payti 2 yoshda bo‘lgan. Qahvaxona egasi uni Berlin hayvonot bog‘iga sotadi. 1974 yili Fatu qiz farzand ko‘rdi. Hozir esa u buvi. 2022 yili Berlin hayvonot bog‘i ma’muriyati Fatuning 65 yoshini keng nishonladi. Fatuga atab meva, tvorog, pishgan guruch, sabzavotlar, turli xil gorilla yeydigan o‘simliklardan tort tayyorlandi.
Gorillalar eng katta maymunlar bo‘lib, ularning og‘irligi 200 kg. Gacha yetishi mumkin. Insoni qo‘rqitadigan tashqi ko‘rinishga ga bo‘lsada, ular mehribon, oilaparvardirlar. Berlin Hayvonot bog‘ida Fatudan tashqari Sango (Sango, 18 yosh), Djambala (Djambala, 21 yosh), Mpenzi (Mpenzi, 37 yosh), Bibi (Bibi, 25 yosh) va uning 2 yoshli qizi Tilla yashashdi.
Nargis QOSIMOVA,
Berlin.