Surxondaryoda mahalliy aholi O‘zbekistonda faqatgina Bobotog‘da istiqomat qiluvchi 10 nafar atrofida qolgan sirtlonni urib o‘ldirdi. Ular bu noyob jonivor Xalqaro va O‘zbekiston Qizil Kitobiga kirganini bilishmasa ham kerak. Qolgan sirtlonlarni yana terisi uchun o‘ldirish davom etadi va tez orada bu jonivorlar ham Turon yo‘lbarsi singari Qora kitobdan joy oladi. Yo‘qolib borayotgan sirtlonlarni tirigida asrash, ko‘paytirish kerakdir? 2023 yilda ham kanalimizda sirtlonning cho‘ponlar tomonidan o‘ldirilganida Uzun tuman prokuraturasi ishni bosdi bosdi qilib, aybdorlar jazosiz qolgan edi.
Bu safar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish vazirligi qat’iy turib, noyob turni yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘layotgan vahshiylarni jazoga tortishiga yordam berar degan umiddamiz. Jinoyat qachon bo‘lganidan qat’iy nazar jinoyatchi jazosiz qolmasligi lozim.
Qachonki mazkur jinoyatchilar qattiq jazolansagina yo‘qolib turlarni qirilib ketishning oldini olish mumkin!
Xitoyda yo‘qolib ketayotgan pandalar, ularni o‘ldirganlik uchun o‘lim jazosi kiritilganligi sababli tur saqlab qolindi va maxsus pitomniklarda ko‘paytirilmoqda.
Butanda qora bo‘yinli turnani o‘ldirganlik uchun 30 yillik qamoq jazosi belgilangan va shu orqaligina mazkur qushlar saqlab qolindi.
Yo‘qolib borayotgan, daraxtlarda yashayotgan kenguru- Vallabini saqlab qolish uchun Avstraliya hukumati 36,5 ming dollar miqdorda jarima yoxud 2 yillik qamoq jazosini qo‘llaydi
Nahotki biz bunga qodir emasmiz? Jimgina sirtlonlarning O‘zbekiston hududida qirib tashlanishiga qarab tursak?!