130 ta mushukni qutqarish uchun hayvonlar himoyachilarining yordami zarur

130 ta mushukni qutqarish uchun hayvonlar himoyachilarining yordami zarur

Hayvonlar huquqlari faollari “Ekolog” jamoat birlashmasiga murojaat qilishdi. Ko‘ngillilarning so‘zlaridan ma’lum bo‘lishicha, Yelena (m. Shaxristanskaya) ismli ayol sotuvda naslli mushuklarni ko‘paytirib kelgan.  Uning hayvonlari doimo kasal bo‘lib, ko‘paygan. Ko’ngillilar unga yordam tariqasida mushuklarni davolab,boqib yana qaytarishgan. 

Yelena ustidan qo‘shnilar  doimo shikoyat qilganligi sababli. uchastka noziri unga 15 kun ichida mushuklarni yo‘qtishni shart qilib qo‘ygan. «Ekolog» JB direktor o‘rinbosari Guli Irgasheva uchastka noziri bilan gaplashib, muddatni oyning oxirigacha surishni iltimos qildi.  Shuningdek volonterimiz Yevgeniya  avval Yelenaning uyiga borib, ahvolni o‘rgandi. Uning aytishicha. mushuklar kasal, juda yomon holatda edi. Bundan tashqari uy egasining kasal, yotoq otasi, doimo ichib, mushuklarni uradigan akasi birga yashashar ekan. Yelena esa ulgan mushuklarni oziq-ovqat bilan birgalikda muzlatgichda saqlab kelgan va shu paytgacha xonadoniga hech kimni kirgizmagan.  

Bir necha kun davomida ko’ngillilar 130 ta  mushukni xonadondan olib chiqib ketishdi. 

Uchastka noziri bilan birgalikda xonadon tekshirilib, u yerda mushuk qolmaganiga amin bo‘lindi.   Hozir mushuklarni karantinda saqlash uchun ularga qafaslar qurilmoqda. Imkoni boricha ularni mehribon qo‘llarga joylashtirilib, davolanmoqda. Ammo 130 ta mushukni boqish, davolash uchun bizda mablag‘ yetmaydi. 

Hurmatli hayvonlar himoyachilari va hayvonlarni sevuvchilar, biz sizga yordam so’rab murojaat qilmoqdamiz.  Avvalo, biz Evgeniya va Go’zalga, shuningdek, ko’ngillilar jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz. 

Hozirda bizga juda zarur:

Oziq-ovqat,  dori-darmonlar (antibiotiklar, ko’z tomchilari, js, molnupiravir, ko’rpa-to’shaklar, linoleum, choyshablar, ko’rpa-to’shaklar, gilamlar va boshqalar,idishlar, boshpanaga zarur bo‘ladigan barcha narsalar.

Boshpana uchun telegramda alohida guruh yaratish rejalashtirilgan, kelajakda mushuklar taqdirni fotosuratlar va video hisobotlar bilan kuzatish uchun ko’ngillilar kerak; Bizga shunchaki kelib tozalash, ovqatlantirish va hokazolarda yordam bera oladigan mehribon insonlar juda zarur.

Biz ham tashkilot sifatida bu masalaga chek qo’yishga va bu ayolga qonuniy yo‘l bilan hayvonlarni saqlashni taqiqlashga harakat qilamiz. Shuningdek, biz shafqatsiz munosabatlar bilan ishlashni, arizalar, iltimosnomalar yozishni, vaziyatni o’rganishni va hayvonlarga zarar etkazganlarni birgalikda jazolashni xohlaydigan ko’ngillilarni safimizga qo‘shilishlarini taklif qilamiz.

Hozir biz uchun har qanday mablag‘ muhim 🙏. Bizga qo’ng’iroq qiling, izohlarga yozing  va siz ushbu mushuklar bilan bog’liq tadbirlarni kuzatishingiz mumkin bo’lgan guruhga qo’shilasiz.

Yordam uchun kartalar:

8600060906452561 Bulatova Evgeniya

+998910017547 Evgeniya

+998901865754 Go’zal

+998903201445 Guli