Aniqlanishicha, joriy yilning 12-oktyabr kuni Jozmon MFYda yashovchi fuqaro Sh.Toshpo‘latov xonadoniga noma’lum yirtqich qush ucholmay kelib qo‘ngan.
Fuqaro ushbu qushni ushlab olib unga yegulik bergan va holat yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining ishonch telefoniga murojaat qilgan. Biroq, shu kuni mazkur fuqaroning qo‘shnisinikiga to‘y-bazmi bo‘layotganligi bois, mahalla fuqarolari Sh.Toshpo‘latovning xabarisiz bu qushni sotiladi deb ijtimoiy tarmoqlarga yolg‘on xabarlarni tarqatib yuborishganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda, mazkur Qumoy qushini davlat inspektorlari fuqarodan sog‘lom holda qabul qilib olib, Zarafshon milliy tabiat bog‘ining reabilitatsiya markaziga vaqtincha saqlash uchun topshirdi.
«Ushbu qush maxsus tibbiy ko‘riklardan o‘tkaziladi. Uning sog‘lomligi to‘laligicha tiklangach, tez orada yana tabiat qo‘yniga qaytarilishini ma’lum qilamiz»,-deydi Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.