Sayt haqida

AZIZ MEHMONIM, XUSH KELIBSIZ!

ekolog.uz sayti O‘zbekiston Respublikasi aholisining ekologik madaniyatini oshirish, o‘z o‘quvchilariga respublikamiz va dunyo ekologiyasi haqida xabardor qilish, bu boradagi huquqiy bilimini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bizning maqsadimiz mo‘’jizakor Ona tabiatimizni asrash, kundan kunga tobora keskinlashib borayotgan ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qo‘shishdan iborat. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizasiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammolarni hal qilinishiga bog‘liq”. Bugungi kunda global ekologik muammolar, ya’ni:

  • Iqlim o’zgarishi, ozon qatlamining emirilishi;
  • Chullashish va erning degradatsiyasi;
  • Biologik xilma-xillikning qisqarishi;
  • Ichimlik suvining ifloslanishi va etishmasligi;
  • Aholi sonining o’sishi;
  • Ortiqcha chiqindilarni hosil qilish va yo’q qilish muammolari;

O‘rmon va tuproq inqirozi va boshqalar mazkur mavzuga jiddiy yondoshishni, tabiatni, ya’ni Ona Yerimizni o‘z uyimizdek asrashimizni, farzandlarimizga uni asl holatda qoldirishni talab etadi. Do‘ppini olib qo‘yib, bir o‘ylab ko‘ring, bugun, ayni damda, tabiatni asrash uchun siz nima qildingiz?

Barcha fikr va maqolalaringizni n.qosimova2012@yandex.com elektron manzilimizga yuboring. Ular, albatta, javobsiz qolmaydi.

Hurmat bilan, Nargis QOSIMOVA