Ingliz dizaynerlari Saymon Pirs va Nikolas Godli Madagaskar Nefila to’quvchi o’rgimchaklar to’ridan ayollar ko’ylagini yaratishdi.
O’rgimchak iplari 5 yil davomida millionta o’rgimchakdan yig’ilgan.
Loyiha mualliflari birorta ham o‘rgimchakka zarar yetmaganiga ishontirishdi.
Yig’ilgan to’rlar ip tarzida o’ralib va 19-asr texnologiyasidan foydalangan holda matoga to’qishdi. Bu texnologiya qadimgi davrlarda Madagaskar qirolligi uchun kiyim tikishda ishlatilgan.