Din va ekologiya|8

O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash muammolari: sudralib yuruvchilarning yashashga huquqi bormi?

Echkiemar sudralib yuruvchilar ichida eng aqlli hayvonmi? Nega hovlingizga doimo ilon kiradi? Bitta kaltakesak bir tunda 500 tagacha chivinni eydimi? Echkiemar go‘shti saratonni davolaydimi? Kaltakesakni ushlagan inson pes kasalligiga chalinadimi? Afsuski, sudralib yuruvchilardan aksariyat aholi qo‘rqadi. Mazkur qo‘rquv ularni asosiz o‘ldirilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda sudralib yuruvchilarning 64 turi yashaydi. Ularning 21 (33,9%) tasi kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitabiga kiritilgan. Sudralib yuruvchilarni o‘rganuvchi fan gerpetologiya deb ataladi. Gerpetologiya qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib, ἑρπετόν — "sudraluvchi, ilon, hayvon", lotin tilida esa "so‘z, nutq" ma’nosini anglatadi va amfibiyalar hamda sudralib yuruvchilarni o‘rganadigan zoologiya bo‘limi hisoblanadi.

O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash muammolari: sudralib yuruvchilarning yashashga huquqi bormi?


O‘zbekistonda nega sudralib yuruvchilar yo‘q bo‘lib ketmoqda?

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining kichik ilmiy xodimi, gerpetolog Temur Abduraupovning fikricha, so‘nggi yillarda sudralib yuruvchilarning yashash hududlariga insonning kirib borishi, qurilishlarning avj olishi, yerlarning o‘zlashtirilishi, echkiemar, ilon, kaltakesak oldidagi asosiz qo‘rquv, turli kasalliklarga da’vo sifatida tutish va eyish ko‘pgina turlarning O‘zbekiston va xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilishiga sabab bo‘lmoqda.

Masalan, echkiemarlar o‘tgan asrning 1940–80-yillarida ko‘plab ovlanib, terisidan turli poyabzal, kamar, ayol va erkaklar sumkalarini ishlab chiqarilgan. Yoki hozirda ko‘lvor ilon, O‘rta Osiyo kobrasi yo‘q bo‘lib ketish arafasida.

“Kaltakesaklar teriga tegsa, teri oqarishi kasalligi paydo bo‘ladi, Islom dinida ularni o‘ldirish lozim” degan xurofiy qarashlar ham bu jonivorlarning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Aslida uyimiz devorlarida yashaydigan kichik kaltakesak bir kechada mingga yaqin turli xil yuqumli kasalliklar tarqatuvchi chivinni eb bitiradi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 21 ta ilon turi yashab, ularning 6 tasi zaharlidir. Ular kemiruvchilarni eb, qishloq xo‘jaligiga foyda keltirishdan tashqari, zahridan qon to‘xtatuvchi, og‘riqni qoldiruvchi dori vositalari tayyorlanadi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda sudralib yuruvchilar cho‘l-dasht mintaqasida umumiy ozuqa zanjirida muhim o‘rin tutadi, kemiruvchilarning biologik dushmani echkiemar va ilonlar tabiiy vabo o‘choqlarining ko‘paymasligini oldini oladi. Chunki aynan Markaziy Osiyoda yashaydigan kemiruvchilar vabo tashuvchilari hisoblanadi.

Sohta tabiblar va "saraton davosi" afsonasi

Echkiemar, qora bozorda “ko‘lvor” ilon deb aldab sotiladigan oddiy dasht bo‘g‘ma ilonining go‘shti saratonga da’vo bo‘la olmaydi. Zoologiya instituti tomonidan ularning go‘shti tekshirib ko‘rilganda, tarkibi oddiy tovuq go‘shtidan deyarli farq qilmaydi. Ammo sudralib yuruvchilarning asosiy ozuqasi kemiruvchilar bo‘lganligi sababli ularning go‘shtidagi aminokislotalar o‘zgachadir. Parranda, mol, qo‘y va echki go‘shtini eb yurgan inson birdaniga tabiblar tavsiyasi bilan echkiemar yoki ilon go‘shtini esa organizm tanaga kirgan o‘zga go‘sht to‘qimalari va hujayralariga qarshi kurasha boshlaydi. Odamning isitmasi chiqadi. Tabiblar “echkiemar yoki ilon go‘shtini esangiz qiziysiz” degani uchun bemor egan go‘shti unga ijobiy ta’sir qilayotganiga ishonadi. Ammo engillik bir necha soatgina davom etadi, keyin bemorning ahvoli yomonlashadi. Chunki saraton kasalligidagi metastaza jarayoni kuchayadi.

Amaliyotda biror insonning echkiemar yoki ilon go‘shti bilan davolanib, sog‘ayib ketgani bo‘yicha aniq fakt yo‘q.

Echkiemarlar haqida ilmiy haqiqatlar

Echkiemarlar sudralib yuruvchilar orasida eng aqllisi — bir marta ko‘rgan odamini keyingi safar yuzidan tanib oladi, deydi Temur Abduraupov.

  • Hududiylik: Ularning ham o‘z yashash hududi bo‘lib, bu 1500 gektargacha bo‘lishi mumkin. Nar echkiemar urg‘ochi echkiemar hududida yashay oladi, ammo nar echkiemar uni sig‘dirmaydi.

  • Qoidaga asoslangan kurash: Agar hudud uchun olishuv bo‘ladigan bo‘lsa, ikki nar bir-biri bilan kurash tushadi. Ha, bu xuddi kurashning o‘zi — raqiblar bir-birini tishlamaydi, chang solmaydi, faqatgina erga yiqitishi kerak bo‘ladi.

  • Immunitet va biologik nazorat: Shu bilan birga hech qachon yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaydi. Shu sabab vabo tashuvchi bo‘lgan kemiruvchilarni yo‘qotishda mushuklardan ham foydalidir.

“Echkilarni emadi” degan qarash qayerdan paydo bo‘lgan?

Aholi orasida echkiemarlar echkilarni tishlab emishi natijasida jonivorlar nobud bo‘ladi, degan fikr mavjud. Albatta bu noto‘g‘ri qarash. Echkiemarlar yashaydigan hududda boqiladigan qo‘y va echkilarni ko‘rgan jonivor erga yopishib oladi. Ammo suruv buning ustidan o‘ta boshlagach, joni og‘rigan echkiemar o‘zini himoya qilish maqsadida yoki qo‘yning oyog‘iga yoki echkilarning osilib turgan eliniga yopishadi. Buni ko‘rgan cho‘ponlar echkiemar echkini emayapti, degan fikrga borishadi. Shu sababli ham buning nomi echkiemar bo‘lib ketgan. Aslida esa echkiemar umuman sut bilan oziqlanmaydi, balki kemiruvchilar, zaharli ilonlar va mayda qushlarni eydi.

Jonzotning qirilib ketish xavfi

Afsuski, echkiemar 6 tadan 38 tagacha tuxum qo‘ygani bilan ularning 30 foizi ochib chiqmaydi. Kichik echkiemarchalar asosan chigirtka, chayon bilan oziqlanadi, ammo ularning g‘animlari ko‘p. Yovvoyi hayvon va qushlarga katta qismi em bo‘ladi. 3 yilda jinsiy voyaga atigi 5–10%gina etadi. Shu sabab “Qizil kitob”ga kiritilganiga 30 yildan oshganiga qaramay ularning soni teng yarimiga kamaydi.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida Ustyurt pasttekisligida ular butunlay qirilib ketdi, bunga iqlim o‘zgarishi va odamlar ta’qibi sabab bo‘lgan. Farg‘ona vodiysida yo‘qolib ketganligi tahmin qilinayotgan bir vaqtda ular yana paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda Jizzax, Farg‘ona, Namangan, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida uchraydi. Soni juda tezlik bilan kamaymoqda.

Echkiemarni hayvonot bog‘larida ko‘paytirib bo‘lmaydi. Chunki ular tutqunlikda stressga tushishadi. Hali dunyoning biror bir hayvonot bog‘ida bo‘z echkiemarni ko‘paytira olishmadi. Agarda qat’iy muhofaza choralari ko‘rilmasa, yaqin o‘n yillarda o‘sib kelayotgan avlod echkiemar va aksariyat“Oʻzbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash muammolari: sudralib yuruvchilarning yashashga huquqi bormi?

Echkimemar sudralib yuruvchilar ichida eng aqlli hayvonmi? Nega hovlingizga doimo ilon kiradi? Bitta kaltakesak bir tunda 500 tagacha chivinni yeydimi? Echkiemar goʻshti saratonni davolaydimi? Kaltakesakni ushlagan inson pes kasalligiga chalinadimi?

Afsuski, sudralib yuruvchilardan aksariyat aholi qoʻrqadi. Mazkur qoʻrquv ularni asosiz oʻldirilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekistonda sudralib yuruvchilarning 64 turi yashaydi. Ularning 21 (33,9%) tasi kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

Sudralib yuruvchilarni oʻrganuvchi fan gerpetologiya deb ataladi. Gerpetologiya qadimgi yunon tilidan olingan boʻlib, ἑрéтōн - "sudraluvchi, ilon, hayvon", lotin tilida esa "soʻz, nutq" maʻnosini anglatadi va amfibiyalar hamda sudralib yuruvchilarni oʻrganadigan zoologiya boʻlimi hisoblanadi.

Oʻzbekistonda nega sudralib yuruvchilar yoʻq boʻlib ketmoqda?

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining kichik ilmiy xodimi, gerpetolog Temur Abduraupovning fikricha, soʻnggi yillarda sudralib yuruvchilarning yashash hududlariga insonning kirib borishi, qurilishlarning avj olishi, yerlarning oʻzlashtirilishi, echkiemar, ilon, kaltakesak oldidagi asosiz qoʻrquv, turli kasalliklarga daʻvo sifatida tutish va eyish koʻpgina turlarning Oʻzbekiston va xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilishiga sabab boʻlmoqda. Masalan, echkemarlar oʻtgan asrning 1940-80 yillarida koʻplab ovlanib, terisidan turli poyafzal, kamar, ayol va erkaklar sumkalarini ishlab chiqarilgan. Yoki hozirda Koʻlvor, Oʻrta Osiyo kobrasi yoʻq boʻlib ketish arafasida. “Kaltakesaklar teriga tegsa, teri oqarishi kasalligi paydo boʻladi, Islom dinida ularni oʻldirish lozim” degan xurofiy qarashlar ham bu jonivorlarning yoʻq boʻlib ketishiga sabab boʻlmoqda. Aslida uyimiz devorlarida yashaydigan kichik kaltakesak bir kechada mingga yaqin turli xil yuqumli kasalliklar tarqatuvchi chivinni ebi bitiradi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 21 ta ilon turi yashab, ularning 6 tasi zarlidir. Ular kemiruvchilarni eb, qishloq xoʻjaligiga foyda keltirishdan tashqari, zahridan qon toʻxtatuvchi, ogʻriqni qoldiruvchi dori vositalari tayyorlanadi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonda Sudralib yuruvchilar choʻl-dasht mintaqasida umumiy ozuqa zanjirida muhim oʻrin tutadi, kemiruvchilarning biologik dushmani echkemar va ilonlar tabiiy vabo oʻchoqlarining koʻpaymasligini oldini oladi. Chunki aynan Markaziy Osiyoda yashaydigan kemiruvchilar vabo tashuvchilari hisoblanadi. Bundan tashqari echkiemar, qora bozorda “kulvor” ilon deb aldab sotiladigan oddiy dasht boʻgʻma ilonining goʻshti saratonga daʻvo boʻla olmaydi. Zoologiya instituti tomonidan ularning goʻshti tekshirib koʻrilganda, tarkibi oddiy tovuq goʻshtidan deyarli farq qilmaydi. Ammo sudralib yuruvchilarning asosiy ozuqasi kemiruvchilar boʻlganligi sababli ularning goʻshtidagi aminokislotalar oʻzgachadir. Parranda, mol, qoʻy va echki goʻshtini eb yurgan inson birdaniga tabiblar tavsiyasi bilan echkiemar yoki ilon goʻshtini esa organizm tanaga kirgan oʻzga goʻsht toʻqimalari va hujayralariga qarshi kurasha boshlaydi. Odamning isitmasi chiqadi. Tabiblar “echkiemar yoki ilon goʻshtini esangiz qiziysiz” degani uchun bemor egan goʻshti unga ijobiy taʻsir qilayotganiga ishonadi. Ammo engillik bir necha soatgina davom etadi, keyin bemorning ahvoli yomonlashadi. Chunki saraton kasalligidagi metastaza jarayoni kuchayadi. Amaliyotda biror insonning echkiemar yoki ilon goʻshti bilan davolanib, sogʻayib ketgani boʻyicha aniq fakt yoʻq.

Echkiemarlar sudralib yuruvchilar orasida eng aqllisi – bir marta koʻrgan odamini keyingi safar yuzidan tanib oladi, deydi Timur Abduraupov.- Ularning ham oʻz yashash hududi boʻlib, bu 1500 gektargacha boʻlishi mumkin. Nar echkemar urgʻochi echkemar hududida yashay oladi, ammo nar echkemar uni sigʻdirmaydi. Agar hudud uchun olishuv boʻladigan boʻlsa, ikki nar bir-biri bilan kurash tushadi. Ha bu xuddi kurashning oʻzi – raqiblar bir-birini tishlamaydi, chang solmaydi, faqatgina yerga yiqitishi kerak boʻladi. Shu bilan birge hech qachon yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaydi. Shu sabab vabo tashuvchi boʻlgan kemiruvchilarni yoʻqotishda mushuklardan ham foydalidir.

Aholi orasida echkiemarlar echkilarni tishlab emishi natijasida jonivorlar nobud boʻladi, degan fikr mavjud. Albatta bu notoʻgʻri qarash. Echkiemarlar yashaydigan hududda boqiladigan qoʻy va echkilarni koʻrgan jonivor yerga yopishib oladi. Ammo suruv ning ustidan oʻta boshlagach, joni ogʻrigan echkiemar oʻzini himoya qilish maqsadida yoki qoʻyning oyogʻiga yoki echkilarning osilib turgan eliniga yopishadi. Buni koʻrgan choʻponlar echkiemar echkini emayapti, degan fikrga borishadi. Shu sababli ham uning nomi echkiemar, boʻlib ketgan. Aslida esa echkiemar umuman sut bilan oziqlanmaydi, balki kemiruvchilar, zaharli ilonlar va mayda qushlarni eydi.

Afsuski, echkemar 6 tadan 38 tagacha tuxum qoʻygani bilan ularning 30 foizi ochib chiqmaydi. Kichik echkemarchalar asosan chigirtka, chayon bilan oziqlanadi, ammo ularning gʻanimlari koʻp. Yovvoyi hayvon va qushlarga katta qismi em boʻladi. 3 yilda jinsiy voyaga atigi 5-10%gina etadi. Shu sabab “Qizil kitob”ga kiritilganiga 30 yildan oshganiga qaramay ularning soni teng yarmiga kamaydi. Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasida Ustyurt pasttekisligida ular butunlay qirilib ketdi, bunga iqlim oʻzgarishi va odamlar taʻqibi sabab boʻlgan. Fargʻona vodiysida yoʻqolib ketganligi tahmin qilinayotgan bir vaqtda ular yana paydo boʻldi. Hozirgi vaqtda Jizzax, Fargʻona, Namangan, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida uchraydi. Soni juda tezlik bilan kamaymoqda. Echkiemarni hayvonot bogʻlarida koʻpaytirib boʻlmaydi. Chunki u lar tutqunlikda stressga tushishadi. Hali dunyoning biror bir hayvonot bogʻida boʻz echkiemarni koʻpaytira olishmadi. Agarda qatʻiy muhofaza choralari koʻrilmasa, yaqin oʻn yillarda oʻsib kelayotgan avlod echkiemar va aksariyat ilon turlarini faqat kitoblardagina koʻrishi mumkin.

Shu oʻrinda gerpetolog olim sifatida aytamanki, hech qaysi sudralib yuruvchi jonivor birinchi boʻlib odamga hujum qilmaydi. Ular faqatgina xavf juda yaqin boʻlsagina bunga qaror qiladi. Hattoki kobra ham darhol chaqmaydi. Balki insonni avvalo shishib, boshini koʻtargan holda vishillab ogohlantiradi. Yaqin kelsa bi necha marotaba ogʻzini ochmay unga tumshugʻini uradi. Faqat inson uning hayotiga xavf solsagina chaqishi mumkin. Xuddi asalari nishi misol ularning tishi oʻta nozik boʻlib, tishlashdan soʻng tushib ketadi va ovqat hazm qilishda muammo paydo boʻlib, ilon oʻladi. Ilon yoki echkemar tilidagi molekulalar havodagi mayda zarralarga taʻsirchan, ular qaeda kemiruvchilar koʻpligini shunday aniqlashadi. Agar yashash joyingizga bunday jonivorlar kirib kelgan boʻlsa, bilingki, uyda sichqon, kalamush bolalagan. Shu sabab ularni koʻrganda oʻldirishga emas, chiqib ketishiga sharoit yaratib bering. Barcha jonzotlar qatori ularning ham yashashga haqqi bor.

Islomda sudralib yuruvchilarning goʻshti harom hisoblanadi

Oʻzbekiston aholisining 90% Islom diniga eʻtiqod qiladi. Mamlakatimiz bioxilma-xilligining ajralmas qismi boʻlgan sudralib yuruvchilarning goʻshti Islomda harom, eyishga yaroqsiz deyilganiga qaramay ularni isteʻmol qilish davom etmoqda.

Xusniddin Tursunzoda, Fargʻona viloyati Fargʻona shahar "Xoʻjamberdiboy" masjidi imom-xatibi: -Aksariyat fiqhiy manbalarimizda turli xil yer usti va ostida yashaydigan Hasharotlar, sudralib yuruvchilar qatori echkiemar, ilon, tipratikanni ham eyish harom ekanligi aytilgan. Sababi Alloh taolo pok narsalarni halol qilgan va inson tabiati jirkanadigan narsalarni harom qilgan.

Bu mavzuda Imom Alouddin Abu Bakr ibn Masʻud Kosoniy Hanafiy rahmatullohi alayh shunday deydilar: “Alloh taolo: “Ularga jirkanch narsalarni harom qiladi”, – deydi. Qurbaqa, qisqichbaqa, ilon va shunga oʻxshaganlar jirkanch hayvonlardan hisoblanadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan qurbaqaning yogʻini dorigʻa qoʻshish haqida soʻralganda, uni oʻldirishdan qaytardilar. Bu uni eyishdan qaytarishdir. Rivoyat qilinishicha, u zot alayhissolatu vassalamdan qurbaqa haqida soʻralganda: “Jirkanch hayvonlardan biri” – degandilar”.(“Badoiʻus sanoeʻ” kitobi).

“Bahrur roiq” nomli kitobda shunday deyiladi: “Hasan ibn Ali rahimahullohdan: “Mohir tabib, kasallikni daf qiladi desa, ilon va tipratikan eyish yoki tarkibida ilon boʻlgan dori isteʻmol qilish halol boʻladimi?” deb soʻraldi. U kishi: “Yoʻq, halol boʻlmaydi”, – deb javob berdilar”.

Demat, echkiemar, ilon, tipratikan, qurbaqa shoʻrvalarini ichish halol emas. Kishiga quvvat beradigan, davolaydigan dori-darmonlarni halol narsalar ichidan izlashimiz kerak.

Aholi tomonidan sudralib yuruvchilarning oʻldirilishi ularga daromad olib kelmaydi. Aksincha ilon, echkiemar yashayotgan hududlarni qoʻriqlash, ularni koʻpaytirish orqali ekoturizmni rivojlantirish mumkin. Tojikistonda amalga oshirilayotgan bunday loyiha koʻplab sayyohlarni hududga jalb qilib, aholining daromadini oʻsishiga sabab boʻlmoqda. Chunki qishloqqa olim keladigan boʻlsa, bir kun turmaydi, balki sudralib yuruvchining hayotini oʻrganish uchun bir nechta hafta hududda qoladi.

Gulnoza Tuxtasinova, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Fargʻona viloyati boshqarmasi axborot xizmatining rahbari: -Aholi tomonidan echkiemarlarni tijoriy maqsadlarda ovlash holatlari juda ham koʻp. Aksariyat holatda ularning goʻshtini turli kasalliklarga daʻvo sifatida isteʻmol qilish uchun yoki tijoriy maqsadlarda tutishadi. Masalan, joriy yilning 19-iyun kuni Fargʻona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasiga jamoatchilik fuqarolari tomonidan Quva tumanida boʻz echkemarni sotmoqchi boʻlgan fuqaro bilan davlat inspektorlari oʻzlarini xaridor sifatida tanishtirishlari orqali aloqaga chiqib, huquqbuzarni shu kunning oʻzida shaxsi aniqlandi va undan holatga koʻra tushuntirish xati olindi. Echkemarni tegishli dalolatnomaga asosan Bioxilma-xillikni asrash va kadastrini yuritish shoʻbasi va Yozyovon tuman boʻlimi davlat inspektorlari bilan birgalikda Qoʻshtepa tumanida joylashgan oʻrmon xoʻjaligiga qarashli tabiat yodgorligi choʻl hududiga olib kelinib, ochiq tabiatga qoʻyib yuborildi.

Holatga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 92-moddasi 1-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, hozirda huquqbuzarga nisbatan tegishli tartibda jarima qoʻllash choralari koʻrilmoqda. Eslatib oʻtaman, Oʻzbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan noyob turni tutish yoki oʻldirish Vazirlar Mahkamasining 07.12.2023 ildagi 649 - sonli qaroriga asosan yoʻqolib borayotgan turlar uchun jarima 10 barobarga oshirildi. https://www.norma.uz/novoe_v_zakonodatelstve/ujestocheny_mery_za_ushcherb_dikoy_prirode Masalan, bitta echkiemarning oʻldirilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 34 mln.soʻm, chet el fuqarolari esa 20 ming AQSH dollari toʻlashi kerak boʻladi.

Oʻzbekistonda endemik turlarning kushandasi kim?

Timur Abduraupov bilan suhbat chogʻida yurtimizda noyob, faqat shu hududda yashaydigan endemik turlar mavjudligini qayd etdi. Shulardan 5 tasi faqat Fargʻona vodiysida yashaydi. Ammo u yerda ham ahvol yaxshi emas. 2022 yili oʻzbekistonlik zoologlar Rossiyalik hamkasblari bilan Yozyovon tabiat milliy bogʻi hududida istiqomat qilayotgan sudralib yuruvchilarni oʻrganishgan edi. Oʻrganishlar natijasida tadbirkor va fermerlarning qum barxanlari mavjud hududlarni sholizor va baliqchilik xoʻjaligiga aylantirishi oqibatida Yozyovon qum barxanlarida yashayotgan 5 ta endemik sudralib yuruvchilar, yaʻni Shtraux yumaloqboshi (Phrynocephalus strauchi Nikolsky, 1899), Saidaliev taqir yumaloqboshi (Phrynocephalus helioscopus saidalievi Sattorov, 1981) Fargʻona qum kaltakesagi (Eremias scripta pherganensis Szczerbak et Washetko, 1973), zirhli gekkon (Alsophylax loricatus Strauch, 1887) va Rustamovning scintsimon gekkoni (Teratoscincus rustamowii Szczerbak, 1979) yoʻq boʻlib ketish arafasida turgani haqida dalil va hujjatlar toʻplandi.

  • Ushbu kaltakesak turlari dunyoning boshqa biror joyida uchramaydi. Bundan tashqari bu yerda 50 turdan koʻproq noyob Hasharotlar, kulrang echkiemar, ilonlarning bir nechta turlari mavjud. Ularning deyarli barchasi Oʻzbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan. Mazkur turlar faqatgina oʻzlarining belgilangan hududlardagina yashashashi va bir-biri bilan aralashib ketmaydi. Bu jihatni ham oʻrganish kerak, deydi Roman Nazarov, Rossiya Fanlar Akademiyasi, Moskva davlat universiteti Zoologiya muzeyi ilmiy xodimi. -Shunga qaramay Fargʻona vodiysida Yozyovon tabiiy yodgorligidan tashqari birorta oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza etadigan qoʻriqxona yoki uning muqobili yoʻq. Afsuski, bu yerda baliqchilikni rivojlantirish aynan ana shu turlarning yaqin 5 yil ichida yoʻq boʻlib ketishiga sabab boʻladi. Chunki birgina kulrang echkiemarni olsak, Yozyovon choʻllarida bu sudralib yuruvchi deyarli qolmadi. Oʻylamanki, xukumat aholining ijtimoiy holatini yaxshilash borasidagi qaror qabul qilishdan oldin, albatta joyning flora va faunasini oʻrganish, ularni yoʻq qilmasdan, tabiatni asrab qolish borasidagi maqbul qaror qabul qilishi lozim.

Fazodan qaraganda oxirgi 38 yil, yaʻni 1984 yildan boshlab bugungi kunga qadar Yozyovon choʻllarining inson tomonidan tegilmagan 10/1 qismi qolganligini koʻrish mumkin. Hudud 235 kv.km.dan 23,2 kv.kmgacha qisqargan. 1995 yili Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan Yozyovon tabiat yodgorligini Fargʻona oʻrmon xoʻjaligiga oʻtkazgan edi. Unga kiraverishda maʻlumotlar qayd etilgan tosh oʻrnatilgan. Pastida "Kirish taqiqlanadi" degan yozuv esa fikrimizcha bemalol qoʻriqlanadigan hududga kirib-chiqib, uning tabiat neʻmatlaridan bemalol foydalanib yuruvchi shaxslar tomonidan oʻchirilgan, shekilli.

Fargʻona viloyati Yozyovon tumani, Namangan viloyati Pop tumanlari hokimligi tomonidan bu yerlar fermerlarga sholi ekish va baliqchilikni rivojlantirish uchun boʻlib berilmoqda. Ular esa oʻz faoliyati bilan balki noyob oxirgi kaltakesak, yoki hasharotni yoʻq qilayotganini oʻylab ham koʻrishmaydi. Bu yerdagi jonivorlar Qizil Kitobga kiritilganmi yoki yoʻqmi, aftidan ular uchun baribir yoki ayni muhim masaladan fermerlarning xabari, maʻlumoti yoʻq. Tabiiy, fermer uchun asosiy maqsad daromad olish. Fermerlarga yerlarni boʻlib berish chogʻida hokimiyat vakillari ham ayni masalaga alohida eʻtibor berishmagan koʻrinadi. Mavjud tabiat yodgorliklarining muhofaza etish maqomi juda ham zaif. Iloji boricha bu yerda landshaft buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etilishi zarur. Bu borada hujjatlar yigʻilib, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga taqdim etilgan. Odamlar ogʻirligi atigi 2 gramm keladigan kichkina kaltakesakni muhofaza qilish nima keragi bor, deyishlari mumkin. Ammo tabiatdagi biologik zanjir mavjud. U shunday tuzilganki, biror bir olim qolgan turlar qanday rivojlanishini bashorat qila olmaydilar. Bu "Kapalak effekti"ga oʻxshaydi va aql bovar qilmas oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, odamlarga shu kichkina kaltakesaklarni saqlab qolish uchun u ular yashaydigan hududda oilasini boqish uchun tadbirkorlik bilan shugʻullanishi kerak emasligini tushintirish qiyin.

Mariya Gritsina , Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Zoologiya institutining teriologi: -Tadqiqot natijalari Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga Yozyovon choʻllarining qolgan va bir biridan ajralgan 13 ta qismini davlat muhofazasi ostiga olish uchun taqdim etdik. Agarda Yozyovon choʻllari muhofaza ostiga olinsa bu yerlar sholi ekish va baliqchilik uchun ajratilmaydi, dunyoning birorta burchagida uchramaydigan kamyob oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrashi borasidagi aholining xabardorligini oshirish boʻyicha ishlar olib boriladi. Bu murakkab jarayon. Qum barxanlari oddiy chetan bilan oʻrash mumkin emas. Shuningdek, inson tomonidan oʻzlashtirilgan hududlarlarni muhofaza ostiga olishdan esa foyda yoʻq, chunki u yerlar endemik oʻsimlik va hayvonlarning yashashi uchun yaroqsiz holga kelgan. Aslida bu qumlar, uning oʻsimlik va hayvonot dunyosi Oʻzbekiston, Fargʻona dunyosining boyligidir. Bu yerlarni oʻzlashtirish orqali yoʻq qilish, ana shu boylikni yoʻqotish demakdir.

OʻzR Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bosh mutaxassisi Toʻra Xoliqov: -Muhofazaga olinadigan hudud maqomini berish uchun oʻsha hudud bir nechta mezonlarga javob berishi kerak. Bular: u yer inson faoliyati aralashmagan yoki kam aralashgan nisbatan katta hudud boʻlishi, mazkur hududda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot va oʻsimlik turlarining mavjudligi, inson faoliyati bilan oʻzgartirilmagan tabiiy landshaftning mavjudligi, hududning mumkin qadar aholi punktlaridan uzoqda joylashganligi va boshqalar. Qoʻriqlanishi taklif etilayotgan hududlar alohida uchastkalardan iborat boʻlib Fargʻona va Namangan viloyatlarida joylashgan. Mazkur hududlarni qamrab olgan yagona Milliy tabiat bogʻi tashkil etish mumkin. Ayni paytda Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi vazirliklar bilan kelishilayapti.

Oʻzbekistonda ulkan ilonlar yashaydimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez Oʻzbekistonda ulkan ilonlar topilgani haqida videolar tarqaladi. 2024 yil 15 iyul kuni https://youtu.be/IEtNzPGIB1g?si=Xn4-v5_qtwrClGp1 “Sardor Rahimxon- SARDORGA BOʻGMA ILON TASHLANDI. YETIMLAR HAVF OSTIDA QOLDI. Astagʻfirulloh.”, “Jizzax togʻlarida uch metrlik ilon” https://t.me/ekologuz/20780 kabi xabarlar koʻplab tarqaladi. Gerpetolog Timur Abduraupovning aytishicha, Jizzaxda topilgan ilon tasvirlangan videoda oddiy gyurza haftobda toblanib yotibdi. Hajmi ham uncha katta emas. Videoda ilon kattalashtirgan holda olingan. Uning katta emasligini, ilon atrofida oʻsayotgan oʻtlardan ham bilsa boʻladi. Oʻzbekistonning togʻ, qir va yaylovlarida ilonlar koʻp uchraydi. Agar biror kishi tasodifan ularni bosib olsagina u chaqishi mumkin. Aks holda hech qachon ilon birinchi boʻlib odamga tashlanmaydi! Shu sababli ilonlarni oʻldirmaslik kerak. Ular juda ham foydali jonivorlardir. Boshqa videoda esa faqat tropik hududlarda uchraydigan piton aks etgan. Videoda muhtoj oilaga yordam berish maqsadida aholining eʻtiborini tortish uchun, boʻgʻma piton ilonidan foydalanilgan. Muhtoj oilaning uyidan chiqqan ilon Sardorga tashlandi deb sarlavha qoʻyilgan. Ammo videoda ilon hech kimga tashlanmagan va zarar etkazmagan. Oʻzbekistonda piton ilonlari tabiiy holda uchramaydi. Pitonlar odatda tropik va subtropik iqlim hududlarida, xususan Janubiy Osiyo mamlakatlarida yashaydi. Oʻzbekistonda ular odatda faqat hayvonot bogʻlari, ekzotik hayvonlarni parvarishlash markazlari yoki uy hayvonlari sifatida ularni boqadigan shaxslarning xonadonlarida uchrashi mumkin. Bunday ilonlar qochib ketsa, Oʻzbekiston keskin kontinental iqlimga ega boʻlganligi sababli faqatgina qishgacha yashashi mumkin. Sovuq tushishi bilan ular oʻladi, chunki qishda ilonlar yer tagiga kirib qishlashadi. Katta hajmdagi ilonlar esa oddiy kislorod yetishmovchiligidan nobud boʻlishlari mumkin. Oʻzbekistonda bunday turdagi ilonlarni aholi xonadonlarida uy hayvoni sifatida boqishni va Oʻzbekiston hududida oldi-sotdi qilishni taqiqlash kerak. Ilonlar ekotizimning ajralmas qismi boʻlib, ularni himoya qilish va asrash orqali tabiiy muvozanatni saqlashga yordam beradi.

Oʻzbekistonda sudralib yuruvchilarni saqlab qolish mumkinmi?

Oʻzbekistonda sudralib yuruvchilarga nisbatan salbiy munosabat juda kuchli. Yuqorida olimlarning xavotirlari esa asosli. Avvalo ilon, echkiemar, kaltakesak, qurbaqalarga nisbatan salbiy qarsh va stereotiplarni oʻzgartirish uchun bogʻchadanoq ularning foydasi haqidagi mashgʻulotlarni oʻtish, xalq taʻlimi, oliy taʻlim bosqichlarining oʻquv dasturiga aynan “Ekologiya” fanini kiritish zarur. Shuningdek, joylarda mahalliy aholining bu boradagi ongini shakllantirish maqsadida echkiemar va ilonlar yashaydigan hudud mahalla raislari va faollariga seminar –treninglar oʻtish ham foyda beradi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sudralib yuruvchilarning foydasi, soxta tabiblarning oʻgitlari yolgʻon ekanligini isbotlovchi jurnalistik materiallar berish, ijtimoiy roliklarni keng omma eʻtiboriga havola qilish ularga nisbatan salbiy qarashlarni kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, mazkur yoʻqolib ketayotgan turlar yashaydigan tabiiy hududlarni muhofazaga olish va tutish, oʻldirish, sotish uchun jarima miqdorini koʻpaytirish, kerak boʻlsa ogʻir jinoyat sirasiga kiritib, ozodolardan mahrum qilish choralarini qoʻllash zarur.

Faqat shundagina Oʻbekistondagi yoʻqolib borayotgan noyob turlarni asrab qolamiz.


Nargis Qosimova, ekojurnalist