Telegram kanalimizda Samarqand shahridagi 1000 dan ortiq qarovsiz hayvonlarni tutish va saqlash, ya’ni “otlovka”ni boshpanaga aylantirilgani va tutib keltirilgan itlarga 5-6 nafar ekovolontyorlar qarashayotganini bir necha marta yozgan edik. Ayni paytda shahar Obodonlashtirish boshqarmasi ekovolontyorlarga ular bilan ijara shartnomasini tuzishni, bo‘lmasa «otlovka»ni uchinchi shaxslarga berib yuborishlarini aytishayotgan ekan.
Shundoq ham o‘zlari va mehribon insonlarning ko‘p bo‘lmagan xayriyalari hisobiga jonivorlarga yordam berayotgan ekovolonterlar ijraga qaerdan pul olishadi? Nahotki, Obodonlashtirish boshqarmasi rahbariyati shuni tushinmasa? Yoki mehr uchog‘iga aylangan shu yerdan ham ular daromad olishmoqchimi? Samarqand shahar hokimi Umarov Fazliddin Karimovichdan bu borada yordam so‘rab qolamiz.