Toshkentda «Mehr darslari» tashkil etildi

Toshkentda «Mehr darslari» tashkil etildi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 112-sonli xorijiy tillarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida «Mehr darslari» bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir maktab mamuriyati, UzJOKU professori,»Ekolog» Jamoat birlashmasi direktori Nargis Qosimova hamda jamoat birlashmasining matbuot kotibi Feruzbek Sayfullayev tomonidan tashkil etildi.

 

Dars davomida    o‘quvchilarga boshpanasiz jonivorlarga mehribon munosabatda bo‘lish, ularning himoya

si muhimligi va atrof-muhitni asrash zarurati haqida qimmatli ma’lumotlar berildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatga va hayvonlarga nisbat

an mehr-muruvvat tuyg‘usini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, bunday darslar yoshlar orasida ekologik mas’uliyatni kuchaytirish hamda ularga tabiat ne’matlarini asrashga bo‘lgan hurmatni singdirishda muhim rol o‘ynaydi. Kelgusida «Mehr darslari»ni boshqa maktablarda ham o‘tkazish rejalashtirilmoqda.