Samarqand iqlim forumidan qanday natijalar kutilmoqda?

Samarqand iqlim forumidan qanday natijalar kutilmoqda?
4–5-aprel kunlari “Silk Road Samarkand” majmuasining kongress markazida O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi eng yirik tadbirlardan biri — Samarqand iqlim forumi bo‘lib o‘tadi.

“Markaziy Osiyo ekologik muammolarga duch kelmoqda: barqaror rivojlanish va farovonlik uchun mintaqaviy birdamlikni mustahkamlash” mavzusidagi forum iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun yetakchi global ekspertlar, hukumat rasmiylari va xalqaro tashkilotlar vakillarini birlashtiradi.

Tadbirda 82 davlatdan delegatsiyalar, jumladan, davlat rahbarlari, atrof-muhit, iqtisodiyot va suv resurslari bo‘yicha mas’ul vazirlar, shuningdek, BMT, xalqaro moliya institutlari va ekspertlar ishtirok etadi.

Forumning asosiy mavzulari
Tadbir yuqori darajadagi muloqotlar uchun platforma bo’lib xizmat qiladi va quyidagi ixtisoslashtirilgan sessiyalarni o’z ichiga oladi:
• Yashil iqtisodiyot — barqaror rivojlanishga yo’l;
• iqlim muammolariga javoban Markaziy Osiyoning biologik xilma-xilligi va tabiiy ekotizimlarini saqlash;
• Toza energiya: barqaror va ekologik mas’uliyatli rivojlanish asosi;
• Markaziy Osiyoda iqlim o’zgarishi sharoitida suv resurslarini kompleks boshqarish;
• Yoshlar: kelajakka optimizm bilan qaraymiz;
• Barqaror shaharlar va iqlim muammolari: kompleks rejalashtirish va boshqaruv;
• Iqlim o’zgarishiga ilmiy yondashuvlar va innovatsion yechimlar: global muammolar va mahalliy strategiyalar.

Forum doirasida, shuningdek, sotsialistik qurilish davrida ijtimoiy rollarning o‘zgarishi va atrof-muhit o‘zgarishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikka qaratilgan “Ayollar izidan oqayotgan daryo” loyihasi ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.

Rasmiy forum sayti: https://www.samarqand2025.org/