Shafqatsiz munosabat uchun jazo tayinlandi

Shafqatsiz munosabat uchun jazo tayinlandi

26-mart kuni Maʼmuriy ishlar boʻyicha Mirzoulugʻbek tuman sudida boshpanasiz itlarni tutish bo‘limining xodimi Simakin S.tomonidan tutilgan daydi itni mashina salonida vahshiylarcha urib o‘ldirilishi yuzasidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Ariza bilan ichki ishlarga “Ekolog” nodavlat notijorat tashkiloti va “Hayot” nodavlat notijorat tashkiloti murojaat qilishdi. Aniqlanishicha, 6.03.25 kuni obodonlashtirish bo‘limining xodimi Simakin S. voqea joyiga itlarni tutish chaqirigʻiga javoban qarovsiz hayvonlarni tutish xizmati rahbari Ravdin V. bilan birgalikda yetib kelgan. U Simakin S. itni yuklaguncha voqea joyida qolgan, keyin esa ketgan. Shundan soʻng Simaxin S. yoʻlda itni kaltak bilan urib, oʻldirgan. Sud Simaxin S.ga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 111-moddasiga asosan 5 BRV miqdorida jarimaga tortdi.

Zooko’ngillilar sudda itning jasadini taqdim eta olmagani uchun sudlanuvchi shunchaki jarimaga tortildi.

Sud jarayonida ovchi Simaxin S. itni obodonlashtirish boshqarmasiga yetkazganligi, so‘ng uni priyutga olib borish uchun mashinaga yuklayotganida u qochib ketganini iddao qildi.
Sudda “Xayot” NNT direktori, deputat Iroda Matkarimova, “Ekolog” NNT direktori o‘rinbosari Irgasheva Guli, “Ekolog” NNT ko‘ngillisi Velichko Svetlana, “Hayot” NNT xodimi Mirsobitov Farxod , ko‘ngillilar Rasulkarieva Munisa (guvoh), Mirzaahmedova Alla, Davletov Doston, Tatyana Suxostavetskalar ishtirok etishdi.

“Ekolog” nodavlat notijorat tashkiloti ushbu ishda ishtirok etgan barcha ko’ngillilarga, uzoqdan tashvishlanib, qo’llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiradi. Shuningdek, ko’ngillilarning harakatlari shu bilan to’xtab qolmaydi; yaqin orada jamoat ishlari bo’limiga ushbu jinoyatni sodir etgan S.Simakinni ishdan bo’shatish to’g’risida xat yuboriladi.