📍 Misrning Tanta shahridagi ko‘chma sirkda suratga olingan baxtsiz sher tasviri ko‘plab yuraklarni larzaga soldi. Bu holat yana bir bor sirklar ortidagi achchiq haqiqatni yuzaga chiqardi — bu joylar hayvonlar uchun nafaqat erkinlikdan, balki insoniylikdan ham yiroq muhitdir.
“Darhaqiqat, sirk hayvonlari — bizga mashqchilari tomonidan “tomosha yulduzlari” sifatida ko‘rsatilsada, aslida ruhiy jihatdan ezilgan, tanasi shikastlangan bechora mavjudotlardir. Ularning bu holatda ishtiroki bolalar uchun ham tarbi
yaviy emas: ular o‘zlariga yot muhitda, tabiiy bo‘lmagan holatda namoyon bo‘ladilar. Ularning instinktlariga bosim o‘tkazilgan, xatti-harakatlari sun’iy, mustaqillikdan asar ham qolmagan,” — deydi Rossiyaning faxriy veterinari, “Veterinariya tibbiyoti” MChJ bosh direktori E.G. Sibgatulin, 2010-yilgi Baltika veterinariya forumi doirasida o‘qilgan ma’ruzasida.
⚠️ Bu borada jamiyatga murojaat qilish zarur:
‼️ Iltimos, sirk va kontaktsiz hayvonot bog‘lariga bormang!
Bunday joylar — zo‘ravonlik, hayvonlar ustidan kamsitish va ochiqdan-ochiq qiynoqlarni moliyalashtirishdir.
Farzandlaringizni sirkka olib bormang! Ularga bu “tomosha” ortida qanday zo‘ravonliklar yashiringanini tushuntiring.
Unutmang:
🎟 Chipta sotib oldingizmi – demak, ruhingizni sotdingiz, qullikka pul to‘ladingiz.