Avvalroq kanalimizda “Sohilbo‘yi — 233-maktabdan Qoraqamish 1/2 va 1/3 dahalarigacha (Qichqiriq kanali bo‘yida, yonilg‘i quyish shoxobchasi yaqinida) haqiqiy chiqindixonaga aylangan” mazmundagi fuqarolardan kelib tushgan murojaat haqida xabar bergan edik.
Mazkur holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Olmazor tumani bo‘yicha ekologiya inspektori tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
Tegishli o‘rganish ishlari natijasida, hududdagi muammo bo‘yicha mas’ul tashkilotlar jalb etilib, chiqindilar bartaraf etildi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Ekologiya boshqarmasi aholiga murojaat qilib, bunday muammolar bo‘yicha befarq bo‘lmaslikni, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida faollik ko‘rsatishni va noqonuniy chiqindi tashlash holatlari yuzasidan o‘z vaqtida xabar berishni so‘rab qoladi.