Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani Kichik Tagob mahallasi aholisi “Turon Cement” zavodi faoliyati tufayli og‘ir ekologik vaziyatga duch kelmoqda. Havoda qattiq changlash, o‘simliklar qurishi, nafas yo‘llari kasalliklarining ko‘payishi kabi muammolar kun sayin kuchaymoqda.
Cement zavodi qanday zarar keltiradi?
Havoga qattiq chang va zaharli moddalar chiqib, nafas yo‘llari kasalliklarini ko‘paytiradi.
Suv manbalari ifloslanib, ichimlik suvi sifati pasayadi.
Tabiiy muhit va o‘simliklar qurib, biologik xilma-xillik kamayadi.
Zavoddan chiqadigan shovqin va vibratsiyalar aholi salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.
Sog‘liq muammolari ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi.
Mutasaddi idoralardan hech qanday chora ko‘rilmayapti. Mahalliy aholi Ekologiya vazirligidan zudlik bilan tekshiruv o‘tkazish va zavod faoliyatiga huquqiy baho berishni so‘ramoqda.
Tabiat va sog‘liqni himoya qilish bizning umumiy mas’uliyatimiz!