Jizzaxda boshpanasiz hayvonlar yosh bolalar koʻz oʻngida otib oʻldirilmoqda

Jizzaxda boshpanasiz hayvonlar yosh bolalar koʻz oʻngida otib oʻldirilmoqda

❗️Ogohlantirish. Quyidagi suratlarni ko‘rish, voyaga yetmaganlar, homilador ayollar va beqaror ruhiyatga ega boʼlganlar uchun tavsiya etilmaydi.🔞

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani Yakkaqayragʻoch mahallasi hududidagi boshpanasiz hayvonlar yosh bolalar koʻz oʻngida otib oʻldirilmoqda.

Bizga juda ham ayanchli murojaat kelib tushdi, aslida bu ayanchli emas vahshiyona ish. Boshpanasiz itlar tegishli tartibda olib ketilish oʻrniga yosh bolalar oldida otib oʻldirilmoqda.

Hayvonlarni otib oʻldirishga kim ruxsat bergan? Nega bu ishlar yosh bolalar koʻz oldida qilinyapti? Obodonlashtirish xodimlariga bu harakatlari uchu jazo choralari koʻriladimi?

Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa tegishli tashkilotlardan bu shaxslarga ushbu harakatlari uchun qonuniy jazo choralari koʻrishlarini soʻraymiz.