Eko-ko’priklar hayvonlarga qo’shni hududlarda bemalol o’tishga yordam beradi.
Ekotashkilotlari ushbu loyihalarni olqishlaydilar, lekin ayni paytda yashash muhitining birligini buzadigan kamroq yo’llar qurilishini talab qiladilar.
Birinchi eko-ko’priklar o’tgan asrning o’rtalarida Frantsiyada paydo bo’lgan. Gollandiya, Shveytsariya, Avstriya va Lyuksemburg yashil ko’priklarni qurishni ancha oldin boshlagan.
Baden-Vyurtemberg Xaydenxayman eng yaxshi ekoduklardan biridir, u A7 avtobanining tepasida qurilgan. Umuman olganda, hozirda Germaniya bo’ylab yovvoyi hayvonlar uchun 80 dan ortiq maxsus yashil ko’priklar mavjud.
Ular nafaqat hayvonlarga harakat erkinligini qaytaradi, balki baxtsiz hodisalar xavfini kamaytiradi. Har yili Germaniya yo’llarida 200 mingga yaqin bug’ular, 16 ming yovvoyi cho’chqa va 3 ming kiyik nobud bo’ladi.
Yashil ko’priklar bug’ular, yovvoyi cho’chqalar, tulkilar, ilonlar va hatto qisqichbaqalar, uchun erkin va xavfsiz tarzda ko’chib o’tishlari yoki harakatlanishi uchun kerak. Yashil ko’priklarga avtomatik kameralar o’rnatiladi. Misol uchun, bu bo’ri Brandenburgdagi A11 avtobanoni ustidagi ko’prikda kamera tuzog’iga tushib qolgan. O’zbekistonda ham shunday ko’priklar qurish vaqti keldi. Zero yo’llarimizda har yili ko’plab hayvonlar nobud bo’ladi