Tuproq va suvning sho’rlanishi hududlardagi qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat tizimlaridagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko’ra, butun dunyo bo’ylab 1,128 milliard gektar yer sho’rlanish tufayli turli darajada degradatsiyaga uchragan. Iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va beqaror dehqonchilik amaliyotlari tufayli yerlarining sho‘rlanishi tobora ortib bormoqda. Prognozlarga ko’ra, 21-asr oxiriga kelib global quruq yerlar degradatsiyasi 23 foizga oshishi kutilmoqda va bu ko’rsatkichning 80% rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ri kelmoqda. (Yevropa Komissiyasi, 2018).
Ushbu achinarli ko’rsatkichlar shuni ko’rsatadiki, sho’rlangan tuproqlarning kengayishi fermerlarni iqlim o’zgarishi sharoitida suv tanqisligi va tuproq sho’rlanishi bo’yicha yangicha yondashuvni ishlab chiqishga majbur qiladi.
Yashil Markaziy Osiyo tashabbusi doirasida Germaniyaning GIZ hamda Yaponiya-O‘zbekiston BLUE SATREPS loyihasi hamkorlikda galofit aralash dehqonchilikni joriy etish va rag‘batlantirish hamda sho’rlangan yerlar qishloq xo’jaligi tizimlarida o’simliklarning chidamlilik va barqarorlikni oshirishga bagishlangan “Orol dengizi havzasidagi sho‘rlangan chekka yerlardan agrobioxilma-xillikdan foydalanish va saqlash” mavzusiga bag’ishlangan vorkshop seminar tashkil etildi.
Seminarda Yaponiya va Markaziy osiyo mintaqaviy institutlari olimlari o’z taqdimotlarida qishloq xo’jaligi-oziq-ovqat tizimlarini sho’rlangan hududlarda qanday qilib barqaror va bardoshli tashkil etish bo’yicha o’z tajribalari bilan o’rtoqlashadilar.
Dunyoda iste’molga yaroli o’simliklarnig 30 000 ga yaqin turi mavjud bo’lib, atigi 150 tasi qishloq ho’jaligida yetishtiriladi. Shu nuqtai nazardan, Monrealdagi (Kanada) Biologik xilma-xillik to’g’risidagi konventsiya (CBD COP 15) ishtirokchilarining 15-konferentsiyasida boshlangan qurg’oqchil va sho’rlangan yerlarda agrobiologik xilma-xillikni targ’ib qilish va saqlash bilan bog’liq muammolarni hal qilishda kuchli vosita bo’lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tuzdan zarar ko’rgan er va suv resurslaridan qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun samarali va barqaror foydalanish mumkin. Bunda tuzli yerlarda sho’rlangan yerlar qishloq xo’jaligi konsepsiyasi yechim bo’la olishi mumkin deyishmoqda olimlar.
Sho’rlangan yerlarning oziq-ovqat va yem-xashak ishlab chiqarish salohiyati bilan qishloq xo’jaligi unumdorligini saqlab qolish uchun galofitlar- tuzni yaxshi ko’radigan yovvoyi o’simliklar va tuzga chidamli to’liq foydalanilmagan glikofitlarni yetishtirish mumkin. Garchi ushbu o’simlik turlarining hususiyati hali yahshi o’rganilmagan bo’lasada, kuchayib borayotgan sho’rlanish jarayonlari allaqachon millionlab odamlarning hayotini xavf ostiga qo’ymoqda va bu borada ishlarni tezlashtirishga barchani undamoqda.
Ushbu turlarning aksariyati qishloq xo’jaligi sektori va pharmasevtika-kosmetika, bog’dorchilikda umumli foydalanilmayotgaligi vorshop ishtirokchilari tomonidan aytib o’tildi.
Hususan, Orol dengizi havzasining biologik xilma-xilligi tuzga chidamli agrobiologik yovvoyi galofitlar va kam foydalaniladigan ekinlari ham o’z ichiga olishi barchamizga ma’lum. Ammo, ulardan naqadar samarali foydalanish va ularning jozibadorligini namoyish etish bo’yicha aholi hali hanuz yetarlicha ma’lumotga ega emas.