Ma’lumot|8

"EKOLOG" jamoat birlashmas

"EKOLOG" jamoat birlashmasi, nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligining 2022- yil 9-avgustdagi 1034-son Guvohnomasi asosida tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.

"EKOLOG" jamoat birlashmas

"EKOLOG" jamoat birlashmasi, nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligining 2022- yil 9-avgustdagi 1034-son Guvohnomasi asosida tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.

 

Tashkilotning yo'nalishlari:

     1. Iqlim o'zgarishiga qarshi kurash

     2. Biologik xilma-xillikni saqlash va tiklash

     3. Suv resurslarini muhofaza qilish

     4. Tabiiy resurslardan barqaror foydalanish

     5. Ta'lim va jamoatchilikni xabardor qilish

     6. Atrof muhitning ifloslanishiga qarshi kurash

     7. Energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya manbalari

     8. Axborot kampaniyalari va ta'lim

     9. Qonunchilik va siyosiy ishlar

     1 0. Ekologik xavflarni monitoring qilish va baholash .

     11. Xalqaro hamkorlik

     12. Ko'ngillilar faoliyati

     13. Ekologik vaziyatni , shu jumladan iqlim o'zgarishini yaxshilashga qaratilgan yangi qonunlar va islohotlar bo'yicha takliflarni ishlab chiqish va lobbi qilish.

     14. Inson va tabiat o'rtasidagi uyg'unlikka erishish uchun ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarni birlashtirishga qaratilgan jamiyatda ekologik barqaror rivojlanishni yaratish.

 

Nodavlat notijorat tashkilotimizning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida ekologik muammolarni bartaraf qilishda davlat organlariga yordam berish, atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat va mahaliy hokimiyat organlarining tabiatga nisbatan insonparvarlik siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashish hamda aholining ekologik madaniyatini oshirishda yordam berishdan iborat.  Bugungu kunga kelib  O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "Ekovolontyorlar" maktabiga asos solindi. 300 dan ortiq ekovolontyorlarning bilim va ko‘nikmalari oshirilib, ularni bir nuqtada birlashtirish kabi ezgu maqsad amalga oshirildi.  O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda  "Plogging" aksiyalarini o‘tkazib kelmoqda.  Butun mamlakat miqyosida daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 2023-yil 18-mart kunlari Buxoro viloyatida 500 dona, Qashqadaryo viloyatida 600 dona, daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya "Lukoyl" kompaniyasi ko‘magida “Biz tabiatga g‘amxo‘rmiz” shiori ostida o‘tkazilgan.  "Ekolog" jamoat birlashmasi rahbari, Nargis Qosimova  muallifligida “Ekojurnalistika”, “Suvdan foydalanish masalalari O‘zbekiston OAV nigohida”, “Global iqlim o‘zgarishi va jurnalistika”, “O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lidagi ta'lim sohasida hamkor sifatida” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalarnashrdan chiqarildi.

 Boshpanasiz hayvonlarni himoyaga olgan priyutlarga jamoat birlashmasi tomonidan tashkil qilingan hayriya aksiyalari orqali 10 million so‘mga yaqin moliyaviy yordamlar ko‘rsatildi. Jamoat birlashmasi ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlarga asosan 100 dan ortiq aholi tomonidan shafqatsizlikga uchragan, mushuk va itlar himoyaga olinib, davolash amaliyoti tugagach mehribon insonlarga topshirilmoqda. 

“Ekolog” jamoat birlashmasi qoshida “Vafo” boshpanasiz jonivorlar priyuti faoliyat britib, Sirdaryo viloyatida “V dobrie ruchki” (Mehribon qo‘llarga) loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Ichimlik suvini tejash, Chiqindilarni belgilangan joyga tashlash, Daraxtlarni kesmaslik mavzulariga bag‘ishlangan 10 ta ijtimoiy roliklar tasvirga olindi. Jamoat birlashmamizning malakali trenerlari tomonidan aholi, ayollar,  yoshlar, jurnalist va blogerlar, feqarolik jamiyati vakillariga ekologik  mavzularda treninglar o‘tkazilmoqda.

 

“Ekolog” jamoat birlashmasi qoshida “Yashil maktab “ loyihasi tashkil etildi. Ayni paytda loyiha ko‘ngillilik asosida Jizzax, Samarqand, Qoraqalpog‘iston Respublikasi,  Qashqadaryo viloyatlarida olib borilmoqda. Maqsad- o‘quvchilarning ekologik ongini shakllantirish.  Ekologik madaniyatini oshirish. Diniy qo‘mita bilan hamkorlikda  Zangiota (Torshkent viloyati) , “Sadr ibn Vaqqos (Jizzax viloyati G‘allaorol tumani) ziyoratgohlariga o‘quvchilar bilan birga qush uyalari o‘rnatildi. Shu bilan birga 2025 yilda O‘zJOKUda talabalar ishtirokida Ekoklub ish boshladi.

 

“Ekolog” nodavlat notijorat tashkiloti direktori tashabbusi bilan 2019-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti, 2020-yildan esa O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti o‘quv dasturiga “Ekojurnalistika” va “EkoPR” fanlari kiritildi.

 

- Respublikamizdagi maktablarda o‘quvchi yoshlarning ekologiya borasidagi bilimlarini boyitish uchun "Mehr darslari", “Suvning muqobili yo‘q”, “Chiqindisiz dunyo” ochiq darslari ko‘tkazilmoqda. Loyiha doirasida 236 ta maktab, 12 ta oliy ta'lim dargohlarida, 10 ta xususiy o‘quv markazlarida darslar o‘tkazilmoqda.

 

-O‘zbekiston Respublikasi «Ekolog» jamoat birlashmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Jizzax viloyatining «Qalb nuri» ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi bilan birgalikda 2023 yilning aprel'-iyun' oylarida Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqlim o‘zgarishi ta'sirida yuzaga kelgan gender asosidagi zo‘ravonlikni aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi. 


 2014-yil 22-dekabr kuni o‘z faoliyatini boshlagan www.ekolog.uz sayti 2023-yil 26-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan 060322-sonli guvohnoma asosida rasmiy veb sayt sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Sayt o‘zining Telegram tarmog‘idagi o‘zbek, rus va ingliz tillarida kanallari, X (Twitter), Instagram, Youtube, Facebook sahifalariga ega. l 22-dekabr kuni o‘z faoliyatini boshlagan www.ekolog.uz sayti 2023-yil 26-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan 060322-sonli guvohnoma asosida rasmiy veb sayt sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Sayt o‘zining Telegram tarmog‘idagi o‘zbek, rus va ingliz tillarida kanallari, X (Twitter), Instagram, Youtube, Facebook sahifalariga ega.

Sayt va uning Telegramdagi kanali, O‘zbekiston Respublikasi aholisining ekologik madaniyatini oshirish, o‘z o‘quvchilarini, respublikamiz va dunyo ekologoyasi haqida xabardor qilish, bu boradagi huquqiy bilimini oshirishga yo‘naltirilgan. Asosiy maqsadi, mo‘jizakor Ona tabiatimizni asrash, kundan kunga tobora keskinlashib borayotgan ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qo‘shishdan iborat.

 

 

Milliy hamkorlar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi,

O‘zbekiston NNTlari Milliy Assosiasiyasi,

 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi,

 Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻyicha milliy qo‘mita,

Suv xo‘jaligi vazirligi,

“O‘zsuvta'minot” AJ,

 O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi,

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi,

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi

Farg‘ona viloyati “Mehrjon” NNTsi,

Jizzax viloyati “Kalb Nuri” Ayollar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash markazi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fuqarolik tashabbuslari markazi

 

Xalqaro hamkorlar:

BMT Taraqqiyot Dasturi, ACTED (O‘zbekiston), EXHT, Global Green Fond

 

A'zolik:

 

1. "Ekolog" jamoat birlashmasi  iqlim inqirozining oldini olish va uning oqibatlariga moslashish bo‘yicha faoliyat yurituvchi nodavlat tashkilotlarni birlashtirgan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo iqlim harakatlari - Climate Action Network xalqaro tarmog‘ining a'zosi hisoblanadi.

2.Markaziy Osiyo mintaqaviy suv tarmog‘i CAR@WAN — Markaziy Osiyodagi suv masalalari bo‘yicha xalqaro nodavlat tarmog‘i.

3. Xalqaro o‘rmon koalisiyasi.

4. O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash milliy harakati