Qashqadaryoda qishloqqa tushgan ayiqlar qo’riqxona hududiga qo’yib yuborildi

Qashqadaryoda qishloqqa tushgan ayiqlar qo’riqxona hududiga qo’yib yuborildi

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Shakarteri MFY, Soyboʻyi qishlogʻi hududiga togʻli hududdan Oʻzbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan 2 bosh Tyan-Shan qoʻngʻir ayiq bolalari kelib tushdi.

Vaziyat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, Shahrisabz tuman IIB, Milliy gvardiya, Toshkent hayvonot bogʻi hamda Hisor qo’riqxonasi xodimlaridan iborat tezkor ishchi guruh tuzildi.

Voqea joyiga yetib borgan ishchi guruh tomonidan ko’rilgan operativ chora-tadbirlar natijasida ayiq bolalari maxsus o’q-dorili qurol yordamida uxlatildi.

Ayiq bolalariga hech qanday shikast yetkazilmasdan, “Hisor” davlat qo’riqxonasining «Tanxoz» daryo bo’limiga qo’yib yuborildi.