AI-80 benzinidan voz kechish aholi o‘rtasida saraton kasalligining ko‘payishining oldini olishi mumkinligi haqida 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Onkologlar uyushmasining bosh kotibi Yaxye Ziyaev ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AI-80 benzini inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va past sifatli yoqilg‘idan voz kechish O‘zbekistondagi onkologik vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Mutaxassis, shuningdek, O‘zbekistonda AI-72 va AI-76 taqiqlanganida, o‘n yil ichida o‘pka saratoni kamayganini ta’kidlab, o‘z so‘zlarini asoslab bergan edi.
Bundan kelib chiqadiki, agar kelajakda mamlakat AI-80 benzinidan voz kechsa, O‘zbekistonda saraton kasalligi kamayishini kutish mumkin.
Bundan tashqari, bugungi kunda ayniqsa Toshkent shahrida havo ifloslanish darajasiga gaz va benzinda yuradigan avtomobillarning ta’siri kattaligi ko‘pgina ekspertlar tomonidan aytilmoqda. O‘zbekistonda AI-80 eng muhim yoqilg‘i turlaridan biri hisoblanadi. Ko‘p sonli haydovchilar uning arzonligi sababli ushbu markadagi benzinni afzal ko‘rishadi. Chunki har bir turdagi benzinning tarkibidagi yonuvchan moddalar benzin markasiga qarab ko‘tarilib boradi 92, 95, 100. Yuqori markali benzinlar avtomobil harakatlanganda yonuvchanligi ortadi. Chunki har bir turning o‘z oktan soni bor va ularning asosi bir xil bo‘lsa-da, aralashmalari har xildir.
AI-80 benzinning oktan soni past bo‘lgani uchun uning detonatsiyaga moyilligi ko‘rsatkichi bo‘lib, undan foydalanish ichki yonuv dvigatelining anormal ishlashiga olib keladi va havoga ko‘proq is gazlarini chiqaradi. Bu esa havoning ifloslanishi, turli xil nafas-o‘pka kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli barcha rivojlangan davlatlar ushbu benzin markasidan allaqachon voz kechishgan.
Nargis Qosimova “Ekolog” jamoat birlashmasi direktori
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo’ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!