Ushbu holat Toyloq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan aniqlangan. Bu haqida Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida tumanning Xo‘jayuz MFY hududidagi tegishli ruxsatlarsiz sog‘lom ko‘karib turgan 1 tup tut daraxtini shu atrofda yashovchi fuqaro U.Z tomonidan kesishib tashlanganligi ma’lum bo‘ldi.
Shu bois qonunbuzarga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarari uchun 71 250 000 so‘m qo‘llanildi.
Respublikamizda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy etilishi munosabati bilan daraxtlarni tegishli ruxsatlarsiz kesish qat’iyan man etiladi.