COP29da ekofaollarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ular mintaqaviy va xalqaro eko-oromgohlar davomida ishlab chiqilgan iqlimga oid tashabbuslarini namoyish etdilar.
🗝 Asosiy takliflar:
🔹 Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh ekofaollar, tadbirkorlar, olimlar va ekspertlarni o‘z ichiga olgan Ekologik kun tartibi bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasini tuzish.
🔹 Bilim almashish, mintaqaviy va milliy iqlim loyihalarini muvofiqlashtirish uchun maydon taqdim etuvchi raqamli platformani ishlab chiqish.
🔹 «Young Climate Champions» xalqaro ekofaollar hamjamiyatini kengaytirish.
🔹 Transchegaraviy tabiiy obyektlar — qo‘riqxonalar, daryolar va hayvonlarning migratsiya yo‘nalishlarini asrash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi «Transchegaraviy ekotizimlar» loyihasi.
SOP29 da O‘zbekistondan kelgan yosh ekofaollar ham qatnashmoqda. Shulardan biri Salohiddin Abdufattoxovdir. Salohiddin hozirda Toshkentdagi Prezident maktabining 10 sinf o‘quvchisi.
–Prezident maktabimiz mamlakatimizdagi ekoskool loyiHasiga a’zo bo‘lgach, men ham tadbirlarda qatnashish jarayonida ekologiyaga qiziqib qoldim. Chunki, hozirgi ekologik muammolarni bartaraf etishda yoshlar faol qatnashmasa, ertaga o‘zimiz qiynalamiz. Yoshim 15 da va yosh Iqlim advokati hisoblanaman. Hozirda o‘rtoqlarim va boshqa volontyorlar bilan birgalikda «Shanbalik O‘zbekiston» ekotashabbusini olib borib, asosan joylarda plogging o‘tkazamiz, volontyorlar uchun ekolog, iqlimshunos va boshqa ekspertlar bilan uchrashuvlar, «Hayot darslari»ni o‘tkazamiz.
SOP29 oldidan 2024 yilda 8 ta davlat yoshlari birlshgan holda Hududiy Yoshlar strategiyasini ishlab chiqib, uni Senatga taqdim etdik. Strategiya 2030 yilgacha bo‘lgan Yoshlarning ekomuammolar , iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish borasidagi vazifalardan iborat. Anjumanda Strategiyada belgilangan vazifalar bo‘yicha birgalikda harakatlar rejasini ishlab chiqmoqdamiz. Biz kelgusida Strategiyada belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich bajaramiz. Yoshlar o‘zlarining kelajaklarini qurish uchun o‘z oldiga maqsad qo‘yishlari lozim. Chunki ekologik muammolar birinchi galda ularning hayotiga ta’sir qiladi, buni ular tushinib yetishlari va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishlari zarur, dedi S.Abdufattoxov
SOP29 doirasida yoshlarning o‘zaro uchrashuvlari, konferensiyaga taklif etilgan mehmonlar bilan suhbatlari O‘zbekiston delegasiyasi tarkibida kelgan ekovolontyorlarning ham kelgusida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda yangi tashabbuslarni ilgari surishga turtki beradi.