Zarafshon Qirg‘ovulini ayovsiz o‘ldirayotgan ovchilar  nazorati uchun kim javobgar?

Zarafshon Qirg‘ovulini ayovsiz o‘ldirayotgan ovchilar  nazorati uchun kim javobgar?

Toshkent shahri Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi, 1993 yilda tug‘ilgan Asilbek Sultonov (telegramidagi niki Muhammed_7)  O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan Zarafshon qirg‘ovullari va boshqa jonivorlarni noqonuniy tarzda ovlash bilan shug‘ullanadi. Fuqaroning bizdagi ovozli xabarlariga ko‘ra bunday ovlarni yo‘llanmasiz ham amalga oshirishdan qo‘rqmasligini, hali birorta ekologiya inspektorlari faoliyati yuzasidan savol-javob qilmaganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi

boshqarmasining ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, Toshkent shahar, Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.S.dan tushuntirish xatlari olingan. Aniqlanishicha, suratlarda aks etgan holatlar hududiy jihatdan Toshkent shahar hududida sodir etilmaganligi ma’lum bo‘lib, to‘plangan hujjatlar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Ekologik nazorat inspeksiyasiga yuborilgan.