Qoraqalpog‘iston yoshlari: tabiatni saqlash maqsadi

Qoraqalpog‘iston yoshlari:  tabiatni saqlash maqsadi

Tabiat insoniyatning kelib chiqishi va inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalarni anglatadi. U butun olamni – dunyoni, insonlarni, koinotni hamda barcha mikro, makro va mega tizimlarni o‘z ichiga oladi. U jonsiz va tirik mavjudotlardan tashkil topgan bo‘lib, tabiiy fanlarning asosi hisoblanadi. Tabiat o‘z qonunlari asosida harakat qiladi va inson niyatlaridan mustaqil ravishda mavjuddir. Biz insonlar tabiatning bir qismi bo‘lsak-da, uning asosiy qoidalarini o‘zgartira olmaymiz – biz faqat unga moslashishimiz va uning elementlaridan ehtiyojlarimizga mos ravishda foydalanishimiz mumkin.

Yaqinda men ko‘rgan bir videoda odamlarning tabiat oldidagi mas’uliyatlarini unutib, uning qonunlariga beparvo bo‘layotganini kuzatdim. Videoda kimdir chiqindilarni suvga tashlayotganini ko‘rdim. Ushbu ifloslanish natijasida suvdagi jonivorlarning kislorod yetishmovchiligi sababli bo‘g‘ilayotganini sezdim. Ularning qiynalayotganini ko‘rib, ularga nisbatan achinish hissini tuyib ketdim.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston va O‘zbekistonda ko‘plab hayvon turlari yo‘qolish xavfi ostida turibdi. Ular orasida Aral sterleti, Amudaryo pichoqburun sterleti, Aral dengizi oq baliqlari, oq sazan, Ustyurt tog‘ qo‘yi, Turkman kulan va jayron bor – barchasi Qizil kitobga kiritilgan. «Kun.uz» saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng xavf ostidagi hayvon – sayg‘oq hisoblanadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda taxminan 100 ga yaqin sayg‘oq qolgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va «Sayg‘ochiy» qo‘riqxonasi a’zolari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida sayg‘oq yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan turlar sirasiga kirishi aniqlandi. 2021-yil fevral oyida ushbu qo‘riqxonada sayg‘oq populyatsiyasini aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilib, yo‘qolib borayotgan turlar monitoringi va kadastri laboratoriyasi a’zolari ham ushbu muhim ishlarga hissa qo‘shdi.

Do‘stlar, bu jonivorlar butunlay yo‘qolib ketmasligi uchun birlashaylik va ularga yordam qo‘lini cho‘zaylik. Axir bu bizning muqaddas burchimiz emasmi? Bu hayvonlar – bizning boyligimiz! Ularning yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaylik!

Aqilbek Xojanazarov