Oʻzbekiston hukumati va Jahon banki o‘rmonlar hamda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash loyihasini amalga oshiradi

Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi Jahon banki bilan birgalikda “O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash” loyihasi boshlanganini e’lon qildi.

Jahon banki loyihani amalga oshirish uchun 153 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu loyiha Markaziy Osiyoning beshta davlatida oʻrmonlar va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashga koʻmaklashish boʻyicha amalga oshiriladigan mintaqaviy dasturning bir qismidir.