Tadbir davomida fuqaro D.S. tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz maxsus setka yordamida sava sayroqi qushlarini ovlayotganligi holati aniqlangan. Yuqoridagi holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtK ning 90-moddasi,1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar 3 400 000 so’m jarima to’laydi.
Huquqbuzar ovlagan sava qushlari voqea joyida tabiat qo’yniga qo’yib yuborildi. Bu haqida viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.