Orol dengizining qurigan tubida ekilgan saksovullar kosmosdan ham ko‘rina boshlamoqda.
Bu kabi yashillashtirish effekti sifatida aytish mumkinki, 2018-yildan so‘ng Orol bo‘yida kuchli chang bo‘ronlari xavfi keskin kamayib ketdi.
Nafaqat chang (qum) bo‘ron chastotalari, balki kelayotgan nam havo oqimlaridan Orol bo‘yi atrofida yog‘in jadalligi boshqa mintaqalarga nisbatan ortgan. Bu nafaqat havo aylanmalari (sirkulyatsiyasi) harakatidagi o‘zgarishlar balki yer sirtidagi fitomassaning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi xam mumkin.
Mazkur loyiha respublika bo‘ylab keng miqyosda davom ettirilishi mintaqa uchun juda ham zarur.