Daraxt kesgan fuqaro 17 million 340 ming so’m to’laydigan va 100 ta ko’chat ekadigan bo’ldi

Daraxt kesgan fuqaro 17 million 340 ming so’m to’laydigan va 100 ta ko’chat ekadigan bo’ldi

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasiga Sergeli tumani, Sergeli 7-mavzesida daraxtga shikast yetkazilayotganligi haqida murojaat kelib tushdi

Murojaat joyiga chiqib o’rganilganida “Madadkor” MFYda fuqaro Y.U. tomonidan 1 ta daraxt kesilib, o’sishdan to’xtash darajasida shikast yetkazilgani ma’lum bo’ldi. Natijada tabiatga 8 million 840 ming so’m zarar yetkazilgan.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Y.U.ga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari – 8 million 500 ming so’m jarima belgilandi. Huquqbuzar jami 17 million 340 ming so’m tovon to’laydigan bo’ldi.

Shuningdek, unga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 464-son qaroriga asosan kesilgan daraxt uchun kompensatsiya tarzida 100 tup ko’chat ekish majburiyati yuklatildi.

Bu haqida Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi axborot xizmati rahbari xabar berdi.