Dallas universiteti fizik olimlari tirik sichqonlar terisini ma’lum konsentratsiyadagi oddiy oziq-ovqat bo‘yog‘i yordamida shaffof qilishni o‘rgandilar.
Kemiruvchilarni endi ichlarida nima bo‘layotganini bilish uchun hatto rentgen ham qilish shart emas.
Hozircha bu usul odamlarda qanday ishlashini hech kim bilmaydi, ammo olimlar endi odamlarning navbati kelishiga qaror qilishdi. Tadqiqot natijalari «Science» jurnalida chop etilgan.