1. Xojatxonadagi unsurdan “axlat chelak” sifatida foydalanmang yoki undagi suvni zaruratsiz tushirmang. Xojatxona suv ta’minotining to‘rtdan birini, xamda keragidan 40 foiz ortiq suv iste’mol qiladi.
2. Tishingizni yuvyotganingizda yoki idish-tovoqni sovunlayotganingizda krandagi suvni o‘chirib turing. 2 daqiqa tish yuvish davomida kanalizasiyaga 18 litr toza suv oqib ketadi.
3. Ichish uchun bir shisha suvni sovutgichda saqlang. Kranda sovuq suvni bekordan bekorga yoqmang.
4. Idish-tovoq yuvgich va kir mashinani faqat to‘lgandagina ishlating.
5. Kran va quvurlarni oqyaptimi yoki yo‘qmi tekshiring va sozlang. Ko‘p uylarda ovqat qilish yoki boshqa ehtiyojlarga sarflanadigan suvga qaraganda quvurlardan suv oqishi hisobiga ko‘proq suv sarf bo‘ladi.
6. Xammomga kam sarfli dush moslamasini va kranlarga suv oqishini oldini oladigan qurilmalar o‘rnating. Oddiy dush moslamasidan 5 daqiqada 100 litr suv oqadi, vaxolanki kam sarfli dush moslamasi 35 litr suv sarf qiladi.
7. Meva va sabzavotlarni oqar suvda emas, chuqur idishda yuving. Ishlatilgan suv bilan xonaki o‘simliklarni so‘g‘orish mumkin.
8. Gazon (o‘t)ni xar uch kunda salqin tushganda sug‘oring. Gazonga suv sarfini kamaytirish maqsadida pestisidlarni kamroq soling.
9. Shaxsiy avtomobilni chelakka suv olib, yuving. Shlangdan foydalanmang. Ko‘chalar, maxallarda oqib yotgan kranlarni yopib yurish, boshqalarni nazorat qilishni o‘rganing.
10. Avtomobildan kamroq foydalaning! Bilasizmi, 1 litr yonilg‘i ishlab chiqarish uchun 10 litr suv sarf bo‘ladi.