Biz Toshkent shahridagi “ElVET veterinariya klinikasida Matilda nomli timsoh bolasi saqlanib kelayotgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu holat, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Yakkasaroy tumani inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish maqsadidagi Vazirlar Mahkamasining 736-sonli qaroriga binoan, 1 dona timsoh bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga dalolatnoma asosida topshirilibdi.
Bu haqida bizga Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.