22 sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun

22 sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun

1995 yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun dunyodagi avtomobil va motosikl’ haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Ko‘plab mamlakatlar va shaharlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ‘ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun: Hukumat qarori bilan 2021 yildan boshlab 22 sentyabr respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e’lon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.

Bugun siz o‘z avtomobilingizni uyda qoldirdingizmi? Avtomobillardan chiqaetgan is gazlari havoning ifloslanishi va iqlim o‘zgarishiga eng ko‘p ta’sir etayotgan omillardan biridir. Bir kun avtomobildan voz kechib, jamoat transportida yuring, havo tozaligiga o‘z hissangizni qo‘shing