Samarqand xalqaro texnologiya universitetida Koreya Texnologiyasi va madaniyati instituti (KITC) tashabbusi bilan daraxt ekish bo‘yicha ekologik aksiya tashkil etildi. Tadbir Janubiy Koreyada har yili 5 aprel kuni nishonlanadigan milliy bayram — Sikmogil (Sikmogil), ya’ni Daraxt ekish kuni munosabati bilan o‘tkazildi.
Mazkur ekotadbirda universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etdi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida universitet hududida 50 dan ortiq mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu tashabbus yashil infratuzilmani rivojlantirish va ekologik madaniyatni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Sikmogil — Janubiy Koreya taqvimidagi muhim sanalardan biri bo‘lib, u o‘tgan asr oxirlarida boshlanganKoreya urushidan keyin vayron bo‘lgan keng ko‘lamli o‘rmonlarni tiklash dasturi doirasida 1949-yilda Koreya hukumati tomonidan rasmiy ravishda joriy etilgan.. Bugungi kunda ham bu kun ekologik muvozanatni saqlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish borasida katta ahamiyatga ega. Jamiyatning faol qo‘llab-quvvatlashi evaziga bu tashabbus dunyodagi eng muvaffaqiyatli ekologik harakatlardan biriga aylangan va Sikmogil koreys madaniyati hamda milliy o‘zligining ajralmas qismi hisoblanadi.Daraxt ekish — bu shunchaki yashil muhit yaratish emas, balki kelajak uchun qilingan muhim sarmoyadir.
Garchi 2005-yildan buyon ushbu kun rasmiy dam olish kuni bo‘lmasa-da, Sikmogil hanuzgacha muhim ijtimoiy bayram sifatida keng nishonlanadi. An’anaga ko‘ra, 5 aprel kuni janubiy koreyaliklar shaharlarni obodonlashtirish, tog‘lar, bog‘lar va maktablar va turar joylar yaqinida daraxt ekadilar. Bu sana shuningdek qadimiy Xansik — “Sovuq taomlar kuni” bilan ham to‘g‘ri keladi. Shu kuni oilalar ajdodlar qabrlari ziyoratiga borishadi va ularning xotirasiga hurmat ifodasi sifatida daraxt ekishadi.
— Mo‘g‘uliston tajribasi bugungi ekologik tashabbuslarning nechog‘li muhimligini yaqqol ko‘rsatmoqda. “Bitta daraxt — kelajakni o‘zgartiradi” shiori ostida butun jamiyat cho‘llanish muammosiga qarshi birlashmoqda. Bu jarayonga Koreya ham qo‘shilib, Gobi cho‘li atrofida “Dasht o‘rmoni” loyihasini amalga oshirmoqda. Bu faqatgina ekologik harakat emas — bu mintaqaviy barqarorlik va xalqaro hamkorlik ramzidir, — deydi KITC dekani, professor Sungdon Hwang.
— Men uchun bu aksiyada qatnashish oddiy daraxt ekish emas, balki boy koreys madaniyatiga yaqinlashish va universitetni obodonlashtirish hamda ekologiyaga hissa qo‘shish imkonidir. Atrofimiz yanada ko‘kalamzor bo‘lishini istaymiz, va aynan biz shu yashil muhitni yaratayotganimizni his qilish — bu quvonchli, — deydi “Raqamli iqtisodiyot” yo‘nalishi (KITC) birinchi bosqich talabasi Nozanin Umarova.
Sikmogil bayramiga bag‘ishlangan ushbu ekologik tashabbus do‘stlik, birlik va madaniy almashinuv ramziga aylandi. Eng asosiysi, u tabiatga g‘amxo‘rlik chegarasiz qadriyat ekanini eslatib turadi. Bunday loyihalarning amalga oshirilishi ayniqsa dolzarb, chunki 2025-yil O‘zbekistonda «Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili» deb e’lon qilingan.
Ma’lumot o’rnida shuni alohida ta’kidlash qayd etish joizki, koreys tilini ommalashtirish, talabalar orasida madaniy almashinuvni rivojlantirish hamda Koreya xalqining boy an’analarini yaqindan tanitish maqsadida KITC tashabbusi bilan universitetda har yili Solnal — Koreyscha yangi yil va Chuseok — an’anaviy hosil bayrami kabi milliy ayyomlar ko‘tarinki ruhda, katta tantana bilan nishonlanib kelinmoqda.
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti huzurida tashkil etilgan
KITC Koreya madaniyati markazi direktori Kim In, Tae.