Qoraquloq

Qoraquloq

Mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon.

Tanasining uz. 65 — 82 sm, dumi 25—30 sm. Tashqi ko‘rinishi qisman silovsinga o‘xshaydi; qulog‘i uchida qora tuklari bor, lekin dumi to‘mtoq emas.

Yungi kalta. Afrika va Osiyo cho‘llarida yashaydi; O‘rta Osiyoda Turkmaniston jan. da uchrashi mumkin. Quyon, mayda kemiruvchilar (qum-sichqonlar) va qushlarni tutib yeydi. Soni kamayib ketgan.

Xalqaro va O‘zbekiston Qizil kitobga kiritilgan.